So’nggi yangiliklar

20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  0 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  15 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  52 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  36 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8

"Dubl". Hammasi bahonamidi? Yangiliklar

"Dubl". Hammasi bahonamidi?

O'rinbosarlar jamoasi - aqlli mutaxassislar ishlaydigan to'g'ri yo'ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.

17-19 yoshli iqtidorlar katta futbolga aynan U-21 birinchiligi orqali o'tib olishadi. O'zimizda yosh yulduzlar kamligiga sababchi sifatida hamma vaqt bosh murabbiy(lar) ko'rsatib kelindi. Ular tanballikda, o'rinbosarlarining o'yinini kuzatib, selekciya qilmaslikda ayblandi.

O'z navbatida "trener"lar ham "dubl" uchrashuvi asosiy jamoa mashg'uloti bilan bir paytga qo'yilganidan uzoq yillar nolib yurishdi. Nihoyat, ularning "oh"i futbol rahbariyatiga qadar etib bordi va 2022 yilda reglamentning 19.1. bandiga o'zgartirish kiritildi:

U-21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar ishtirokidagi uchrashuvidan bir kun keyin o'tkaziladi (maydoni talab darajasida bo'lmagan U-21 jamoalari o'z uchrashuvini asosiy stadionda o'kazadi).

Yaqindagina O'FA vice-prezidenti sifatida ish boshlagan Odil Ahmedov bu qarorning foydali tomonlarini sanab berdi:

Birinchidan, jamoaning asosiy tarkibidan joy ololmagan futbolchi ertasiga U-21 chempionatida o'ynashi mumkin. Bu umidli futbolchilar o'yin amaliyotisiz qolib ketishining oldini oladi.

Ikkinchidan, agar klubning U-21 jamoasi uchun ajratilgan maydon talab darajasida bo'lmasa, uchrashuv asosiy stadionda o'tkaziladi.

Uchinchidan, asosiy tarkib murabbiylari endi bemalol U-21 chempionati o'yinlarini kuzatishlari mumkin. Bunga qadar U-21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkib mashg'ulotlari bilan bir paytga to'g'ri kelishi ko'pchilikka noqulay edi.

Bir qarashda barchasi hal bo'ldi-yu endi rivojlanib ketamiz. Murabbiylar tez orada yangi "vunderkind"larni kashf qilib tashlaydigandek. Biroq, bu tasavvurning umri yashil maydongacha...

To'g'ri, bosh murabbiylarga "dubl" uchrashuvlarini kuzatish, yangi iqtidorlarni qidirish va asosiy tarkibda joy topolmagan shogirdlarini sinovdan o'tkazish uchun ajoyib imkoniyat yaratildi. Lekin, bundan kimlar unumli foydalanayotgani barchaga qiziq bo'lsa kerak.

Superligada 14 ta klub bor. O'rinbosarlar jamoasi ishtirokidagi o'yinlarga esa atigi 7 klubdan "katta ustoz"lar keldi: Anxel Lopes, Timur Kapadze, Samvel Babayan, Ro'ziqul Berdiev, Mirjalol Qosimov, Denis Korostichenko va Baxtiyor Ashurmatov (bizdagi malumotlarga ko'ra).

Kapadze safardagi o'yinlarda ham o'zi qolyapti, Ashurmatov uchrashuvlarni yordamchilari bilan kuzatyapti, Babayan esa raqib maydonidagi bahslar tahlilini Viktor Jalilovga ishonib, asosiy tarkib bilan ortga qaytyapti. 

Qolgan klub (murabbiy)lar esa... Bilmadik. Balki, boshqalarga U-21 jamoasi shunchaki reglamentda belgilangan majburiyat tufayli kerakdir. Ammo, bir narsa oydinlashdi: "dubl" noqulay vaqtga qo'yilganini yillar davomida aytib kelgan bazi mutaxassislar boshini oshiqcha og'ritmaslik uchun "arpa uni"ni bahona qilgan ekan...

O'limga o'xshaydi... 

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика