Dubaydan yozamiz. 3-kun kundaligi. Kutilmagan yomg'ir (VIDEO)
11 okt 2014 14:00
Yangiliklar

Dubaydan yozamiz. 3-kun kundaligi. Kutilmagan yomg'ir (VIDEO)
Bir kun avvalgi mashg'ulot chog'ida ob-havo juda zo'r edi. To'g'ri, issiq, ammo stadion joylashgan hududda shamol esib turardi.
O'yin boshlanishiga ikki soat vaqt qolganida terma jamoa lageriga etib bordim. Do'stim Elyor o'z mashinasi bilan xizmatimizda, xuddi to'yga chiqqan operator kabi mashinaning u yog'idan, bu yog'idan videoga olish bilan bandman. Bilib qo'ying, kishining qachon ishida unum bo'ladi, qachonki o'z kasbini haqiqatan yaxshi ko'rsa va unga masuliyatsiz qaramasa.
Stadion cho'lning o'rtasida joylashgan emasmi, 5 km. olisdan ko'rinib turadi. Havo ochiq, ammo uzoqdan qora bulut ko'rindi. Ko'p o'tmay sharros yomg'ir quydi. Bu esa namgarchilikning ikki hissa oshishiga sabab bo'ldi. Yomg'ir uzoq davom etmadi, bir savalab o'tdi. Ammo uning asorati o'yin davomida bilinishi aniq edi. O'yinga to'xtalmayman, TVdan ko'rganlar ko'p bo'ldi. Meni boshqa narsa qiziqtirdi.
Nima uchun TV o'yinni to'g'ridan to'g'ri ko'rsatmadi? Aslida ko'rsatishi mumkin edi. Bu o'yinning 50 foiz huquqi bizga, yani Markazga tegishli edi. Boisi o'yin neytral maydonda, BAAda o'rtoqlik o'yinlarini tashkillashtiradigan kompaniya tomonidan o'tkazilgan, oddiy nazorat bahsi. Xuddi yil boshida, Turkiya va BAAda bo'ladigan klublar o'rtasidagi o'yinlar kabi. O'yin “Abu Dabi Sport”da ko'rsatildi. SHu joyi qiziq, “Abu Dabi Sport” hech qachon bahsni tekinga olmaydi. Bahrayn o'z huquqidan foydalangan holda, uchrashuvni to'g'ridan to'g'ri boshidan ko'rsatdi. Hatto TV bundan pul ham ishlab oldi, reklamalar ortidan. Markaz ham shu ishni qilsa bo'lardi,ammo bu erda Markazning aybi yo'q, ularga TV chiqqan emas. Agar TV ularga chiqib, ozroq Markaz hisobiga pul o'tkazib berganida, tabiiyki, Markaz bu maslalani ijobiy hal qilib bera olardi. Futbolsiz Sport TV, Sport TVsiz futbol rivojlanmasligini tushunib etganimizda, biz Osiyodagi o'rnimizni yo'qotib qo'ymaslikdan qo'rqaman.
Undan tashqari bu erda ikki terma jamoa ham stadionda o'z reklamalarini joylashtirish huquqiga ega edilar. Katta (regbi stadioni) arenada bo'm-bo'sh joylar shunchalik ko'p ediki, undan millionlarning hidi kelardi. Eh devorging keladi, mana shu o'rtoqlik uchrashuvlari aslida Markaz uchun tekinga tushish bilan birga, foydaga ham kirishi mumkin edi. Agar reklama to'siqlarida o'zimizning mashhur brendlar joylashtirilganida yaxshigina daromad qilingan bo'lar ekan.
Aslida futbolimizning eng og'riqli nuqtasi futbolchi va murabbiyda emas, TV va marketing yo'lga qo'yilmaganida. TV ko'rsatsa futbolda halollik paydo bo'ladi. Marketing futbolga pul olib keladi. Bularning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog'liq.
Stadionga O'zbekistondan va BAAda faoliyat olib borayotgan 100 nafarga yaqin hamyurtimiz tashrif buyurdi. O'yindan keyin futbolchilar bilan suratga tushib, farzandlariga O'zbekistonni ko'rsatdilar.
Ularning aytishicha, aynan shu "The Sevens" stadionida dekabr oyida "Real Madrid" va "Milan" jamoalari uchun o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilar ekan. Eng arzon chipta narxi 100 dirham bo'lib, bu bizning pulga chaqqanda, taxminan 80 000 so'm bo'ladi. CHiptalar allaqachon sotuvga chiqqan.
TAS-IX hududida
Sifatli turi
Mobil turi
TAS-IXda emas
Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay

Fikrlar