So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  1 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Dubaydan yozamiz. 2-kun kundaligi. “Arsenal” akademiyasiga tashrif Yangiliklar

Dubaydan yozamiz. 2-kun kundaligi. “Arsenal” akademiyasiga tashrif

Arab mamlakatlarida erta tongda ish boshlashdan naf yo'q. Issiq, kun tugashini poylab ishga kirishasiz.
Qurilishlar ham huddi shu tartibda. Bu erda asosan Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Filippindan kelgan xalq ishlaydi. Kecha tunda havo salqin edi. Futbol o'ynashlik havo. Ammo bugun bunday bo'lmaydi, namlik darajasi 57 darajaga chiqadi. Kechagidan 27 daraja ko'p.
Xabaringiz bor, Alisher Nikimbaev bugunda BAAda faoliyat olib boryapti. U kishi bilan bog'lanib, salom alik qildim. O'yinga akkreditaciyani qaerdan olishimni so'radim. U kishi kulgancha, qanaqa akkreditaciya, bu erda kirib chiqish “VIP” dedilar. Men Toshkentda o'zim uchun ikkita rasm olib olgan edim. Haqiqatdan ham BAAda ko'p narsa yuzaki. Pul bor, sharoit bor, lekin futbol ular uchun shunaki xobbi. Ular uchun eng muhimi tuyalar sog' bo'lib tursa bo'lganiyu tuya va ot poygasini hech nimaga almashtirmaydilar. TVni yoqsangiz ham tuya poygasi, shaharlar o'rtasidagi katta yo'ldan yursangiz ham tuya. Ammo futbolga yaratilgan sharoitni bir so'z bilan ifoda etib bera olmaysiz. Kundalik nashrlarni kuzatib boryapman, hozircha u erda O'zbekiston terma jamoasining o'yinlari haqida gap so'z yo'q.



Hullas, o'yin vaqti o'zgarganligi uchun terma jamoamiz soat 18:00da mashg'ulotga ketadigan bo'ldi. Aynan shu vaqtda terma jamoamiz mehmonxonadan chiqib ketishi lozim edi. Aksiga olib soat 17:00dan 18:00ga qadar, Dubay taksi xizmatida navbat almashish jarayoni bo'lar ekan, taksi to'xtatishimga 30 daqiqadan ko'p vaqt ketdi deng. 10 daqiqalik yo'lni bosib o'tishingiz uchun 1 soatdan ortiq vaqt sarfladim. Borsam, terma jamoa rejadan 5 daqiqa avval "The Seventh" stadioni tomon yo'lga chiqib ketgan ekan. 35 km masofa uzoqlikdagi stadionga taksi to'xtatib etib oldim. Stadion Dubay – Abu Dabi shaharlarini bog'lab turuvchi “betonka” yo'lda joylashgan ekan. Bir deganda etib oldim. Baxtimga terma jamoamiz hali mashg'ulotlarni boshlab ulgurmagan edi.

Stadionni joylashuvi huddi Muborakdagi arenaga o'xshaydi. Yo'l yurasiz, mo'l yurasiz birdaniga stadion chiqadi. Muborakdan farqli ravishda bu erdagi stadion atrofida na yashash joyi, na kafe bor. Faqat stadion. Stadion 2008 yil foydalanishga topshirilgan. 50 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan sport kopleksida “Arsenal”ning Dubaydagi akademiyasi ish boshlagan.

Stadionga kirib kelar ekansiz, tabiiy chimdan iborat bir nechta standart va mini maydonlarni ko'rasiz. Dilingiz yayraydi. To asosiy maydonga yurib borar ekanman, shu maydonlarni O'zbekistonda tasavvur qildim.



Qani edi Toshkentda, markazda mana shunday katta futbol akademiyasi qurilsa. U erda, har bir viloyatning eng sara yosh futbolchilarni jamlab, har bir viloyat uchun markazlashgan holda futbolchi etkazib tursa. Deylik, “Navbahor”da o'z akademiyasi yo'q, bo'lsa ham raqobat uchun viloyatda ularga mos raqib yo'q. Uzoq muddatga mazkur akademiyadan o'ziga ijara uchun joy oladi. Va respublika bo'ylab selekciya ishlari bilan shug'ullanadi. Markazda toblanayotgan futbolchi, huquqiy jihatdan klubga tegishli bo'ladi. Menimcha gaplarimni o'zimdan boshqa hech kim tushunmayotgan bo'lsa kerak, lekin katta milliardlik bu loyiha haqida o'ylanib, eng yaxshi takliflar qabul qilinadigan bo'linsa, menimcha yomon bo'lmaydi.

Yana bir fikr shu joyiga kallaga keldi. Oliy liganing deyarli har bir klubi davlat tomonidan pul bilan taminlanadi. Bu pullarning ko'p qismi noto'g'ri yo'llarga ishlatilyapti. Mazkur akademiya ochildi deylik. Har bir klub majburiy ravishda 1 milliard so'mni o'zini 100 nafarga yaqin tarbiyalanuvchisini futbol saboqlarini o'rganishiga ajratadi. Bari bir bu pullar yo'q bo'lib ketyapti. Yaxshisi keyingi 10 yillik uchun investitciya kiritish kerak. Keyin 12 viloyatni jamlagan akademiya o'rtasida yil bo'yi rasmiy musobaqalardan tortib, o'rtoqlik uchrashuvlarigacha, shuningdek festivallar o'tkazilinadi. Dunyoning turli mamlakatlaridan skautlar keladi. Menimcha, juda katta narsani hayol qilib yubordim. Lekin sal o'ylang, amalga oshirsa bo'ladigan ish. Menimcha kelajak loyihasi. Bu bilan biz o'smirlar terma jamoamizni ham kelajagini taminlagan bo'lar edik.



Yaratilgan sharoitda ozim ochilib terma jamoamiz bilan ortga qaytdim. Bizni mehmonxonada Alisher aka kutib turgan ekanlar.  SHaroitlar alo-ku, desam, bu o'rta holiku deb kulib javob berdilar va mazkur majmua “Arsenal” bilan hamkorlikda BAA o'smirlarini katta futbolga tayyorlashi haqida aytib o'tdilar.

SHundan keyin akademiya haqida qisqa malumotlar bilan qiziqdim. Bilsam, bu erda “Arsenal” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, 1992-97 yillarda jamoa sharafini himoya qilgan  Yan Salley boshqaruvchi lavozimida faoliyat olib borar ekan.


9 oktyabr, 2014 yil. BAA, Dubay
Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика