Dubaydan Abu Dabiga, 4-kun kundaligi
12 okt 2014 12:19
Yangiliklar

Dubaydan Abu Dabiga, 4-kun kundaligi
10 oktyabr kuni Bahraynga qarshi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tganidan bir kun o'tib terma jamoamiz Abu Dabiga yo'l oldi.
Terma jamoamiz soat 11:00da, biz esa tunda yo'lga chiqdik. Sababi oddiy, o'yinni ertasiga jiddiy mashg'ulot o'tkazilmaydi. SHu boisdan Mirjalol Qosimov futbolchilar bilan plyajda tiklanish mashqini o'tkazdi. U erda terma jamoamiz azolari plyaj futbolida o'zlarini sinab ko'rdilar.
Men va hamrohim Saidmurod akaga Alisher aka (Nikimbaev) "Al Jazira" stadionidan joy qilib qo'ygan edilar. Ochig'i stadion mehmonxonasi qanday bo'lishini tasavvur qila olmayotgan edim. Mehmonxona manzilini kartaga terdim, mashina bizni to'g'ri stadion ichiga olib kelsa deng. Men yon atrofida bo'lsa kerak deb o'ylagan edim. Ha, tong otsin barchasini ko'raman-da.
Resepshendagi qiz bizni ilq kutib oldi, ro'paramda narx-navo osig'liq turar edi. 2 kishilik xonaning narxi bir kechaga, 320 AQSH dollari. Sochlaringiz tikka bo'ldim deyishga shoshilmang, bir hafta avval Alisher aka mazkur mehmonxonani nonushtasi bilan 93 AQSH dollariga gaplashib qo'ygan ekanlar. Keyin bilsam, bu 5 yulduzli mehmonxonada faqat klubga va BAA futbol federaciyasining mehmonlari istiqomat qilishlari mumkin ekan. Buning uchun Alisher Nikimbaevga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. CHarchaganimiz sababmi, ortiqcha narsalarga etibor bermadim. SHunchaki do'konchaga tushib mayda-chuyda olib chiqdim. Stadion atrofini biroz aylandim. Stadion menimcha to'liqligacha o'zini oqlaydi. Bizda arenalar muzey sifatida qo'riqlanadi. Bu erda istasangiz kechasi kelib ham tribunaga chiqib o'tiring, birov g'ing demaydi. Stadion atrofida bir nechta mashg'ulot maydonlari bo'lib, unda rasmiy va norasmiy klublar mashg'ulot o'tkazishlari yoki tunda o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishlari mumkin edi.
Tabiiyki ertasi kuni tong otdi, men aynan shundan keyin qaerda istiqomat qilayotganimni bildim, tong otishini ertaga o'qiysiz.
Nodirxo'ja Yuldashev
Abu Dabi

Fikrlar