So’nggi yangiliklar

21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1

Duayt York "Yunayted"da Sheshkoning o'rniga kimni o'ynatish kerakligini aytdi Yangiliklar

Duayt York "Yunayted"da Sheshkoning o'rniga kimni o'ynatish kerakligini aytdi

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Duayt Yorkning fikriga ko'ra, Ruben Amorim jarohat olgan Benyamin Sheshkoning o'rniga yosh futbolchilarni qo'yib ko'rishi kerak.

"Amorim shunday paytda yoshlarni pishitib, ularning iqtidorini ochishi, Sheshko jarohatlanganda yangi nomlarni kashf qilishi kerak.

Bunga qadar "Yunayted" shunday paytda vaqtinchalik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi va bu amalda o'xshamadi. Futbolchilarni jarohatlanganlarning o'rniga olib kelish uchun "Manchester Yunayted" klubi kattalik qiladi. Agarda biror top-hujumchini olib kelish uchun qattiq harakat qilishsa, tushunaman. Lekin ishlar yaxshi bo'lmagan paytda bu qiyin. Agarda "Yunayted" yangi futbolchi bilan shartnoma imzolasa, "Liverpul" kabi yo'l tutib, futbolchining klubga rostdan ham kerak ekanligini tushuntirishi kerak. Bunday holatda klubning U23 tarkibi shunchaki ishlayotgan bo'lishi kerak emas.

Chido Obi-Martinga nima deysiz? Bilaman, birinchi tarkibdagi futbolchilarning nomi katta, biroq shunday holatlar uchun yoshlarni tayyorlab borish kerak. Men "Yunayted"da o'ynab yurgan vaqtlarimda yosh futbolchilar ham biz bilan shug'ullanishardi. O'z navbatida biz ham ularga imkoniyat berilishiga sharoit yaratardik. Bu esa futbolchilarning asosiy jamoaga tezroq moslashishiga imkoniyat beradi. Men asosiy etiborni shunga qaratgan bo'lardim.

Sheshkoning maydondan tashqaridaligida Obi-Martinni sinab ko'rgan bo'lardim. Agarda u rostdan ham bunga etarlicha salohiyatga ega bo'lsa, yana imkoniyat berish kerak. Yosh futbolchilarning klub asosiy jamoasida o'zini ko'rsatishini tarixda yuz martalab ko'rganmiz", - dedi York

Reyting: +4   

Fikrlar

   
21 noy 08:25:45
Tolmas Toshpulatov
Dilshod Bozorboyev foydalanuvchining fikriga javob berish
80 mlnlik jirafa ekan oʻziyam
Айтганиз тўғри тупни тухтиб бурилиб бурилишни билмайди тахта 180 градусга билмайди хужумчиларда шунақа қобилият булиш керак Нестелрой шунақа футболчи эди
   
21 noy 00:42:56
Dilshod Bozorboyev
80 mlnlik jirafa ekan oʻziyam
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика