So’nggi yangiliklar

21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  1 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  7 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  163 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  1 19:33​Санчодан уятли кўрсаткич  0 19:10Расман: Максим Шацких – "Андижон" бош мураббийи, Виталий Шпанюк – жамоанинг жисмоний тайёргарлик бўйича мураббийи  20 18:53Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги. "Оил Стар" ва БМБ финалда тўқнаш келадиган бўлди  1 17:37"ЎзСҚБ кўплаб вазиятлар яратди, бизнинг йигитлар туриб бера олишди" — Рустам Умаров  1 17:16"Арсенал" АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  0 16:30Ўзбекистон Кубоги. 3-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Сурхон" ва "Шўртан" 1 нафардан йўқотишга эга  0 16:15"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  18 15:58Ўзбекистон Кубогида нима гап?  8 15:48Ўзбекистоннинг БАА ҳамда Қатарга қарши учрашувлари учун ҳакамлар тайинланди  21 15:48Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" 9:0 ҳисобида ютгани фойдасизми? "Насаф" 1:0 ҳисобида ютса, кейинги босқичга чиқадими?   12 15:31"Футбол олами". Водий дербисида "Нефтчи"да ғалаба, "Пахтакор"да 6:0, Қаршида жанговар дуранг ёхуд 9-тур ҳақида батафсил  0

Drulovichning xatosi, akademiyadagi qiyinchiliklar, sovrinli o'rinlar uchun kurash – “Nasaf” futbolchisi SHerzod Nasrullaev bilan suhbat Yangiliklar

Drulovichning xatosi, akademiyadagi qiyinchiliklar, sovrinli o'rinlar uchun kurash – “Nasaf” futbolchisi SHerzod Nasrullaev bilan suhbat

Barcha yoshdagi terma jamoalarga futbolchi etakzib berishda “Nasaf” akademiyasi yurtimizdagi etakchi klublardan biri hisoblanadi.

Hususan, joriy yilning yanvar oyida Tailandda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida terma jamoa tarkibini aksariyat qismini ushbu klub tarbiyalanvchilari tashkil qildi. CHunonchi, bugungi suhbatdoshimiz SHerzod Nasrullaev ham Ro'ziqul Berdievning topilmalaridan biri. O'zining qanotdagi ajoyib o'yinlari bilan omma etiboriga tushdgan o'yinchi, olimpiya terma jamoasiga ham muntazam ravishda jalb etildi. Yaqinda iqtidorli futbolchi bilan batafsil suhbat uyushtirishga qaror qildik.

- Futbolga kirib kelishingizda turtki bo'lgan asosiy omil nima?
- Yoshligimdan, bolaligimdan qiziqish va intilish kuchli bo'lgan. “Nasaf” akademiyasida sharoitlar zo'r havas qiladigan darajada edi. Futbol bilan shug'ullanishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgandi. Faqat, futbol haqida o'ylashingiz kerakligini his qilardingiz.

- Akademiyada o'qish, moslashish qiyin bo'lmaganmi?
- Hamma qiyinchiliklar akademiyani tugatganimdan so'ng boshlandi. Dastlab 25 boladan eng yaxshilarini birinchi liga va o'rinbosarlar jamoasiga olishdi. Qolganlar boshqa klublarga ketishdi. Hattoki, futbol bilan butunlay xayrlashganlar ham bo'ldi.



- Ko'pchilik futbolchilarga shunday pallada etibor kamlik qiladi. Jarohat, murabbiyning ishonmasligi kabi holatlar tez-tez uchrab turadi...
- Futbolchining birinchi raqamli dushmani jarohat. CHunki, jarohat olganingizdan so'ng hech kimga kerak bo'lmay qolasiz.

- Qiynalgan paytlaringizda futboldan ketish haqida o'ylganmisiz?
- Mashg'ulotlarga bormasdan, ishlab yurgan paytlarim bo'lgan. Ko'nglim qolib ketgan vaqtlarda onam menga dalda berdilar. Tushkunlikka tushib qolgan kunlarimda ko'pincha onam yonimda turdilar. Futbolga ishtiyoqimni uyg'otdilar.

- Akademiyadan so'ng katta futbolga o'tish jarayoni qanday bo'ldi?
- Ikkinchi ligada qatnashuvchi “Alanga” jamoasining mashg'ulotlariga borardim. Bir kuni ertangi kungi mashg'ulot soat nechida boshlanishini eshitmay qoldim. Stadionga borib o'tirdim, kutdim hech kim kelmadi. Nima qilishimni bilmasdan Kosondagi Mikrokredit bank qoshida tashkil etilgan jamoaga bordim. Murabbiy Nasim SHoimov meni darhol oldilariga chaqirdilar. Ertaga “Nasaf” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi bor, borasanmi dedilar. Men ikkilanmasdan rozi bo'ldim. Agarda o'zimni ko'rsatsam katta futbol eshiklari ochilishini bilardim. Mazkur bellashuvda 5:3 hisobida g'alaba qozondik. O'yindan so'ng Ro'ziqul Berdiev meni yoshlar jamoasiga taklif qildi. U erda ikki mavsum harakat qildim, 2018 yil asosiy jamoaga o'tdim. Bu bosqichga etib kelgunimga qadar juda ko'p to'siqlarni engib o'tishimga to'g'ri keldi.

- Ro'ziqul Berdiev bilan o'sha payt bafurja o'tirib gaplashib oldingizmi? Taqdiringizni, qaysi poziciyada o'ynashingizni...
- Yo'q. Ustozimiz bilan bafurja suhbatlashmaganman. Ko'pincha o'yindan oldin ko'rsatma beradilar. Ro'ziqul aka kuchli ruhshunos hamdir. O'ziga yarasha qattiqo'l talabchan murabbiy.

- “Nasaf”dan Superligada o'tgan yilgiga qaraganda boshqacha natija kutsak bo'ladimi?
-Ha. Jamoaga tajribali legionerlar keldi. Mahalliy futbolchilar qo'shildi. Masalan, Dilshod Rahmatullaev uchun jamoa begona emas. Tajribasi katta. Nafaqat Superligada balki, o'zimiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurashamiz.

- Jamoa oldingi yillarda malum bir qiyinchiliklarni boshidan o'tkazdi. Natijada sovrinli o'rinlar uchun kurashuvchilar safidan chiqdi...
- O'ylaymanki, barchasi ortda qoldi. To'g'ri, ohirgi ikki yilda pastki o'rinlarni egalladik. Endilikda maqsadimiz jiddiy. Bu yil haqiqatdan ham sovrinli o'rinlar uchun harakat qilmoqchimiz.

- Koronavirus sabab hamma futbolchilar turli ishlar bilan band bo'lishmoqda. Siz nimalar bilan shug'ullanyapsiz?
- Karantin qoidalariga rioya qilgan holda oilam bilan vaqtimni o'tkazyapman. Sog'liq birinchi o'rinda turadi. Hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman.

- Suhbatimizni olimpiya terma jamoasi haqida davom ettirsak. Sizni terma jamoa libosida ilk bor 2017 yil Xitoydagi xalqaro turnirda ko'rgandik. Siz musobaqaning eng chiroyli goli mukofotini qo'lga kiritgan edingiz...
- Ha. O'shanda Jamshid Saidov boshchiligida musobaqda g'olib chiqqanmiz. Men u kishini hurmat qilaman. Sovrin yutishni zavqi boshqacha. U qanday bo'lishi ahamiyatsiz.

- Tailandagi Osiyo chempionatida olimpiyadaga yo'llanma olish uchun nima etishmadi? Faqat, omadni o'rtaga qo'shmang...
- Murabbiyning xatosi evaziga mag'lub bo'ldik. Deyarli har bir uchrashuvda bir xil tarkibni maydonga tushirdi. Ayrim futbolchilar charchashgandi. U erni iqlimi nam va issiq, shuning uchun rotatciyalarni amalga oshirish, bollarga dam berishi lozim edi.

- Lekin, chempionatga yo'l olgan futbolchilarni nimalarga qodirligini bilardik. Balki, ortiqcha bosim halaqit bergandir?
- Tarkibda kuchli futbolchilar jamlangandi. Bosim halaqit berdi degan fikrga qo'shilmayman. Biz bunga etibor bermadik.

- Siz va boshqa ko'plab futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bermaganidan ranjidingizmi?
- Ha, albatta. Bunday paytda futbolchi ruhan tushkunlikka tushib qolishi mumkin. Har bir o'yindan so'ng yaqinlarim qachon maydonga tushishimni so'rardi. Na iloj murabbiyning qarorini hurmat qilishga majburmiz.

- Drulovich futbolchilardagi bosimni halos qilish uchun biror bir ishni amalga oshirdimi? Ko'p Evropalik murabbiylar turli usullarni qo'llashadi. Masalan, Zidan “Atletiko Madrid” bilan final uchrashuvidan oldin shogirdlariga kino qo'yib berganligi haqida eshitganmiz. Yoki futzal terma jamoamizda ishlagan Xose Mendes finaldan oldin noodatiy videorolik qo'yib ko'rsatgan...
- Drulovich ko'pincha futbolchilarni xatosini aytardi, hamma o'z joyida o'ynasa g'alaba qozonamiz deb tushuntirardi. SHaxsan o'zim uchun bu mutaxassisdan yangi biror bir narsa olmadim. Fursatdan foydalanib meni shu darajaga kelishimda katta hissa qo'shgan otam va onamga, ustozlarim Bahodir Annamatov, Nurali Sultonov, Farrux Mamasharipov, Anvar To'raev, Rashid Nabiev, Zafar Xolmurodovga chin dildan rahmat aytmoqchiman. SHuningdek bolaligimdan yonimda birga yurgan Jahongir Elamonovga ham minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, jamoamiz muxlislariga ham samimiy tilaklarimni bildirib qolaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика