Drogba va Trezege Avstraliyadagi xayriya uchrashuvida maydonga tushadi
28 jan 2020 22:50
Yangiliklar


Drogba va Trezege Avstraliyadagi xayriya uchrashuvida maydonga tushadi
Drogba va yaqin o'tmish futbolining boshqa yulduzlari 23 may kuni Sidneyda o'tkaziladigan xayriya o'yinida ishtirok etadi.
To'plangan baracha mablag' Avstraliyadagi o'rmon yong'inlari tasiriga qarshi kurashish uchun sarflanadi. Bu haqida "Goal" nashri xabar qildi. Mazkur bahsda, shuningdek, "Manchester Yunayted" sobiq futbolchilari Duayt York va Pak Ji-Sun, "Liverpul" sobiq hujumchisi Emil Xeski va franciyalik jahon chempioni David Trezege ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Avstraliyaning sharqiy sohillarini qamrab olgan o'rmon yong'inlari oqibatida 30dan ortiq inson va 1 milliarddan ortiq hayvonlar nobud bo'lib, 1000dan oshiq turar-joylar yo'q bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar