Drogba UEFA Prezidenti tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlanadi
29 sen 2020 19:55
Yangiliklar


Drogba UEFA Prezidenti tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlanadi
Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “CHelsi” va Kot-d'Ivuar termasining sobiq forvardi Dide Drogba Aleksander CHeferin qo'lidan maxsus mukofotni qabul qilib oladi.
Tashkilot rahbari Drogbani “futbol va hayotda mukammallikka intilganligi uchun” nomli sovrin bilan taqdirlaydi.
42 yoshli Didega mukofot 1 oktyabr kuni Jenevada bo'lib o'tadigan ECHL 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichiga qura tashlash marosimi vaqtida topshiriladi.
Avvalroq, ushbu nomga Bobbi CHarlton, Eusebio, Raymon Kopa, Yoxan Kroyff, Franchesko Totti, Devid Bekxem va Erik Kantona kabi futbolchilar ham sazovor bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar