Drogba: "Men dinimni o'zgartirmadim"
08 noy 2022 13:08
Yangiliklar
Drogba: "Men dinimni o'zgartirmadim"
Bugun tarmoqlarda Dide Drogbaning duo qilib turgan surati tarqaldi.
Kot-d'Ivuarlik mashhur futbolchi Islom dinini qabul qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Bu hikoya hamma joyga tarqalib ketdi, lekin men dinimni o'zgartirmadim.
Bu mening qishlog'imga tashrif buyurgan musulmon birodarlarimga bo'lgan hurmatim, birlashish daqiqasi edi.
Hammaga muhabbat va yaxshilik tilayman", – dedi futbolchi.
Drogba katolik sifatida tanilgan. U ko'pincha gollarida bunga urg'u qaratardi.
2012 yilda "CHelsi"ga CHempionlar Ligasi g'olibligini olib kelganidan so'ng Drogbaning o'zi bu uning mahorati tufayli emasligini tan oldi. U buni Xudodan va duolari tasiridan ekalgini haqida aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
09:47
Islom Ismoilov: "Raqib kim bo'lishining farqi yo'q. Barcha raqibga qarshi o'ynashimiz kerak bo'ladi" 3
Fikrlar