Drogba Mane tomonidan o'z rekordining yangilangani haqida: "Rekordlar yangilash uchun o'rnatiladi"
04 may 2022 20:01
Yangiliklar


Drogba Mane tomonidan o'z rekordining yangilangani haqida: "Rekordlar yangilash uchun o'rnatiladi"
Kot-dIvuarlik sobiq hujumchisi Dide Drogba "Liverpul" hujumchisi Sadio Manening CHempionlar ligasidagi rekordini yangilaganiga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, CHempionlar ligasi 1/2 finalining "Vilyarreal"ga qarshi javob uchrashuvida (3:2) Mane Evropaning klublar o'rtasidagi asosiy turnirining pley-off bosqichidagi 15-golini urdi. SHu tariqa, 30 yoshli senegallik forvard turnirning ushbu bosqichida afrikalik futbolchilar orasida Drogbaning rekordini yangiladi.
“Men bundan faxrlanaman. Rekordlar yangilash uchun o'rnatiladi”, - dedi Drogba.
Ivuarlik sobiq futbolchi Manedan tashqari mersisaydliklar jamoasidagi sherigi Muhammad Salohni ham takidlab, ikkala futbolchini ham hozirgi kundagi eng yaxshi afrikalik futbolchilar deb atadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar