Draksler yozda PSJni tark etadi
31 mar 2021 00:35
Yangiliklar
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, 27 yoshli futbolchi Parij klubidan erkin agent sifatida ketadi. U 2017 yildan buyon jamoasi sharafini himoya qilayotgandi. Germaniyalik futbolchi PSJ tarkibida uch martadan mamlakat chempionligi va Superkubogi, shuningdek, ikki martadan Liga Kubogi va Franciya Kubogi sovrinlarini qo'lga kiritdi.
Ushbu mavsumda Draksler Franciya chempionatining 18 o'yinida 4 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar