So’nggi yangiliklar

21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  2 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  1 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2

Dragan Skochich: "Natijaga qanday erishdik deysizmi? CHunki biz kuniga 20 soat ishladik" Yangiliklar

Dragan Skochich: "Natijaga qanday erishdik deysizmi? CHunki biz kuniga 20 soat ishladik"

Eron terma jamoasi JCH saralash bahslarida qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi va oxirgi 4 o'yinni g'alaba bilan yakunlab keyingi bosqichga yo'l oldi.

Eron milliy jamoasi markazlashgan tartibdagi o'yinlar start olguniga qadar 6 ochko bilan 3-o'rinda borayotgandi. Birinchi o'rinni Iroq 11 ochko, ikkinchi o'rinni Bahrayn 9 ochko bilan egallab turgandi. Bir qarashda forslar uchun vaziyat juda og'ir edi, biroq ular bajarib bo'lmas missiyani uddalay olishdi. 

Bahraynda tashkil etilgan jahon chempionati saralash bahslarida Eron Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroqni mag'lub etib 18 ochko to'plagan holda birinchi o'rin bilan hal qiluvchi raundga yo'l oldi. Terma jamoa Tehronga qaytib kelgach, bosh murabbiy Dragan Skochich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Xorvatiyalik murabbiy muvaffaqiyat sabablarini keltirib o'tdi.

- "Men o'zimga va jamoamga to'liq ishonaman. Etiborni faqat o'yinga va ishga qarataman. To'g'ri, bizni ko'p tanqid qilishdi, lekin biz ishlashda davom etdik. Vaziyat juda og'ir edi. Ammo oldimizda 4ta o'yin bo'lib, agar hammasini yutsak keyingi bosqichga chiqishimizni bilardik. CHunki asosiy raqiblarimizning 3tadan o'yini qolgandi". 

- "Har to'rt kunda maydonga tushish oson emas, bunda murabbiy birinchi navbatda futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib boradi. OFK biz joy olgan guruh o'yinlarini Bahraynga berganida bu menga yoqmadi. Lekin u erga borganimizdan so'ng tashkilotchilik maqul keldi. Qaror qabul qilib bo'lingan, shu bois etirozga hojat qolmagandi. Biz faqat ishlashda davom etdik. Ishonasizmi, kuniga 20 soatdan ishladik, bu esa o'z mevasini berdi". 

- "Etibor bergan bo'lsangiz, hech bir o'yinda Sardor Azmun, Mehdi Taremi va Karim Ansarifadni bir paytda maydonga tushirmadik. Albatta, men futbolchilarni tushunaman, hamma futbol o'ynashni xohlaydi, ammo biz uchun natija muhim edi va buni futbolchilarga astoydil uqtirdim. Men jamoa uchun nima eng yaxshisi bo'lsa, shuni bajarishga intildim". 

- "Hozirgi paytga kelib shartnomam tugadi, chunki ish muddati JCH saralash ikkinchi bosqich oxirigacha edi. Buyog'iga nima bo'lishini federaciya hal qiladi. SHartnomani uzaytirish menga bog'liq emas. Men faqat bir narsani xohlayman: Eron terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqishini", - deydi Dragan Skochich.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика