Dragan Skochich: "Bizning hujumchilarimiz ancha tezkor va xavfli"
03 mar 2015 11:08
Yangiliklar

Dragan Skochich: "Bizning hujumchilarimiz ancha tezkor va xavfli"
OCHL "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Fulad" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "Fulad" bosh murabbiyi Dragan Skochich va futbolchi Leonard Misarich ishtirok etishdi.
- Dastlabki turdan keyin guruhdagi holat borasida gapirib o'tsangiz?
- Birinchi turdan so'ng biror aniq fikr bildirish qiyin. Guruhda kuchli va yuqori darajadagi jamoalar yig'ilishgan. Musobaqa endi boshlandi va hamma kurash oldinda. Raqiblarimizning dastlabki uchrashuvi o'yinga mos tarzda kechmadi. "Lokomotiv" o'yin debyutida biroz bo'shashdi va gollar o'tkazib yubordi. Ammo "temiryo'lchilar" uchrashuvni yaxshi o'tkazishdi deya olaman.
- Jamoa so'nggi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti. Bu nima bilan bog'liq?
- Mavsum boshida bunaqangi holatlar yuz berib turadi. Avvalgi 3 oyda biz mag'lubiyat nimaligini bilmaganmiz. Oxirgi uchta o'yinning natijasi muhim ahamiyat kasb etmaydi va biz bunga etibor qaratmaymiz.
- Ertaga "Fulad" o'z darvozasini quruq saqlay oladimi? CHunki "Lokomotiv" safidagi hujumchilar ancha tezkor va jamoa ham shunga mos hujumkor o'ynaydi.
- Men boshqacha aytgan bo'lardim, "Lokomotiv" o'z darvozasini munosib himoya eta oladimi? CHunki bizning hujumchilarimiz ham kerakligicha tezkor va xavfli o'ynashadi.
- "Fulad" jamoasi OCHLning safargi o'yinlarida jami bir marotaba g'alaba qozongan. Bu haqida nima deya olasiz?
- "Fulad"ni u paytda turli murabbiylar boshqarishgan va futbolchilar ham boshqa bo'lgan. SHu bois avvalgi natijalarimiz hozir muhim emas.
Leonard Misarich: Osiyo chempionlar ligasi jiddiy va qiyin turnir. Ertangi o'yinga o'z rejamiz bor va g'alaba uchun maydonga tushamiz. Jamoamizning kuchiga ishongan holda shuni aytishim mumkinki, safardan kerakli natija bilan qayta olamiz. Maydon bilan tanishib chiqdim. Sifati qoniqarli darajada ekan. Ertaga chiroyli va tomoshabop futbol ko'ramiz deb o'ylayman.

Fikrlar