Dragan CHeran: "Paxtakor"dek katta klub safiga o'tganimni bilaman"
03 iyu 2018 14:08
Yangiliklar
Dragan CHeran: "Paxtakor"dek katta klub safiga o'tganimni bilaman"
"Paxtakor" bilan shartnoma imzolagach, Dragan CHeran o'zining o'tishi xususida haqida fikrlarini bildirdi.
- "Paxtakor"ga o'tish men uchun katta chaqiruv deganidir. O'zbekistonning eng katta klubiga o'tganimni bilaman. "Paxtakor"ning qanday jamoa ekanini bilaman. Umid qilamanki, bu klubga o'tish foydali bo'ladi.
Ko'p futbolchilarni oldindan bilaman, ular bilan birga o'ynaganman. Bir-birimizni tushunish borasida muammo bo'ladi deb o'ylamayman. Ko'nikib ketishda osonroq bo'ladi.
Jamoadagi muhit yaxshi ekanini Turkiyadagi yig'in davomida bilib oldim. Aytganimdek, ko'pchilik bilan tanishman.
"Paxtakor"ning g'oliblik mentalitetiga ega ekanini bilaman. Bunday katta klublar hamisha g'oliblik ruhiyatiga ega bo'lishi kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar