Dragan CHeran O'zbekiston Kubogi finalida "Paxtakor" g'alabasiga ishonayotganini bayon etdi
25 okt 2019 12:13
Yangiliklar


Dragan CHeran O'zbekiston Kubogi finalida "Paxtakor" g'alabasiga ishonayotganini bayon etdi
"Paxtakor" safida joriy mavsumda 27 gol muallifi bo'lgan Dragan CHeran bo'lajak finaldan avval o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- To'g'risini aytsam, finalda "Paxtakor"ning g'alabasini kutyapman. O'tgan yili ham ushbu jamoa bilan to'qnash kelgandik. Bu safar biz revansh olamiz degan umiddaman. Yigitlar bilan buni uddalashga urinamiz. AGMK safida tajribali futbolchilar bor, ular yaxshi tarkibga ega. Mavsumda barcha ichki musobaqalarda g'olib chiqish imkoniyatiga ega bo'lib turibmiz. Jamoa bilan bunga erisha olamiz deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar