So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  23 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Dragan CHeran: "Navbahor"ga urilgan golda 95 foiz ishni SHarkich qilib berdi" Yangiliklar

Dragan CHeran: "Navbahor"ga urilgan golda 95 foiz ishni SHarkich qilib berdi"

Bugun 4-turning markaziy o'yinida "Paxtakor" - "Navbahor" jamoalari o'zaro to'qnash keldi (1:0).

Murosasiz kechgan o'yinda Dragan CHeranning yagona goli maydon egalariga navbatdagi uch ochkoni keltirdi. Mehmonlar esa mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uchrashuvdan so'ng g'alaba to'pi muallifi CHeranga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Dragan dastlab bellashuv haqidagi ilk qaynoq fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Yurtimizdagi faoliyatingiz davomida bunday o'yinlarni ko'p guvohiga aylangansiz. Ularning har biri o'zgacha taassurotlarni bergan bo'lsa kerak...

- Albatta. Principial raqiblar ustidan g'alaba qozonish doim yoqimli hislarni taqdim qiladi, deb o'ylayman. "Navbahor" oddiy jamoa emas. Ular etarlicha muammo tug'dirishdi. Eng muhimi g'alaba qozondik. O'yin bitta golgacha edi. Birinchi bo'lib to'p kiritgan jamoa yutardi. Uch ochkoga ega chiqqanimizdan xursandman. 

- "Paxtakor" hali o'yin borasida maqtana olayotgani yo'q. SHunga qaramay natijani o'z tomoniga og'dirishni uddasidan chiqmoqda. OCHLda bu omillar pand berib qo'ymaydimi?

- OCHL umuman boshqa darajadagi musobaqa. Hamma o'yinda bir xil to'p tepish qiyin. Yuqorida aytganimdek, asosiy jihat natija bor. 

- "Paxtakor" birinchi bo'limda hujumga o'tishga shoshilmadi. Futbolchilarda xotirjamlik ko'rindi...

- "Navbahor" himoyani yaxshi ushladi. Istalgan jamoada baribir bo'shliqlar bo'ladi. Biz shundan foydalandik. 

- Hozirda hujum chizig'idagi muammolar sabab Voyneski sizni sof forvard sifatida o'ynatmoqda. Qaysidir manoda bu ish beryapti, deyish mumkin. Siz uchun bu yangilik bo'lmayaptimi?

- Vaziyatdan kelib chiqib o'zgarishlar qilinyapti. Jamoamizda shunday futbolchilar borki, ular bir nechta poziciyada o'ynay olishadi. Bunda bir-birimizni o'rnimizni to'ldirish osonroq. Hammamiz o'z ishimizni qilyapmiz.

- "Paxtakor" safida har safar muhim va hal qiluvchi gollarni urmoqdasiz. Poziciyani to'g'ri tanlayapsizmi yoki to'p sizni juda yaxshi ko'radimi?

- Bunday holat bo'lib turadi (kuladi).  Omad, o'yindagi vaziyatni his qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Deylik bugun "Navbahor"ga urgan golimni o'zimniki hisoblamayman. 95 foiz ishni SHarkich qilib berdi. Demak bu uning goli.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика