So’nggi yangiliklar

19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  0 19:18Кападзе навбатдаги икки ўйинда миллий жамоамизни бошқарса...  0 19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  3 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  3 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  27 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   11 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1

Dovdir driblingchi Yangiliklar

Dovdir driblingchi

Jon Stounz va Roberto Martinessiz yangi hayot ostonasiga qadam qo'ygan Everton yozgi transfer mavsumini kamtarona o'tkazdi.

Farhod Moshirining sarmoyalaridan tejamkorlik bilan foydalangan Ronald Kuman Aston Villa vakili Idriss Guye uchun 7,1 mln. sarfladi. Suonsi sardori Eshli Uilyams va Martin Stekelenburgni 12 mln. funtga xarid qildi. Faqat Kristall Pelasning ajo­yib driblingchisi Yannik Bolazi uchun APL mezonlariga mos keladigan mablag' - 22 mln. to'landi.

Anchayin jiddiy baho deysizmi? To'g'ri, bundan 5 yil muqaddam Man Siti Arsenal yulduzi Samir Nas­ri uchun shuncha sarflagandi. Jilovlash juda qiyin bo'lib qolgan bugungi bozor sharoitida Kuman shuncha mablag' evaziga jamoa tarkibini iqtidorli hujumchi bilan kuchaytirib oldi.

Bolazining maxsus finti

2014 yil dekabrda Tottenxem va Kristal Pelas o'zaro munosabatlarga oydinlik kiritish maqsadida Uayt-Xart-Leyn maydoniga tushdilar. Bellashuv golsiz yakunlandi, bu odatiy nursiz uchrashuvlardan biri edi. Ammo Yannik Bolazi tomonidan namoyish etilgan fint shunchalik hayratlanarli edi-ki, Dele Allining 5 yil davomida urgan eng yorqin goli ham uning oldida nursizlanib qoldi. Yannikning fokusi ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalib, FIFAning maxsus harakatlar jamlanmasi - Flick-360dan joy oldi. Bolazi mazkur driblingni Ronaldu va Neymardan o'rgangan boshqa usullar bilan birgalikda namoyish etdi. O'sha oqshom aksariyat sharhlovchilar kongolik yigitchaning nomeri shunchaki tasodifan yuz berdi, degan fikrga kelishgandi. CHunki ular Yannikning bu kabi hunarlariga duch kelishmagandi. Qolaversa, futbolchining harakatlari qandaydir noshudlarga xos uquvsizlik bilan bajarilayotgandek tuyulardi. O'z vaqtida Pelasda murabbiylik qilgan Nil Uornok Bolaziga o'ziga xos tarzda baho bergandi: U har qanday raqib uchun o'ta xavfli. Muammo shundaki, nima qilmoqchi ekanligini uning o'zi ham bilmaydi. SHu bilan birga, raqib himoyachilari ham uning niyatidan tamoman bexabarlar.

Bolazini ko'cha futboli tarbiyaladi

Turli fokuslarni namoyish etish Londonning shimoliy-g'arbidagi Uillesdenda yuksak qadrlanardi. O'quvchi Yannik har kuni derazadan Uemlini tomosha qilar (aslida, Lionda tug'ilgan va 7 oylik paytida ota-onasi bilan Londonga ko'chib kelishgan), bu muhtasham arenada to'p surish hatto tushiga ham kirmagandi. Hech bir professional klub akademiyasi uni qabul qilmagach, Yannik shahar parkidagi maydonda shug'ullana boshladi. Undagi o'ziga xos mustaqillik ana shundan boshlangan. Malumki, ko'cha futbolida ishtirokchilar soni chegaralanmaydi. Bazan to'p surayotgan bolakaylar 30dan oshib ketardi. SHu olomon ichidan sog'-omon chiqish uchun Yannik turli ayyorliklarni o'ylab topardi. Bolalardan tashqari, park ichidagi yog'och uychalar, o'rindiq va belanchaklar qo'shimcha g'ovlar bo'lib, to'p bilan harakatlanayotgan futbolchidan ularga chap berish talab etilardi. Ana shu murakkab vazifani Yannik alo darajada bajarishga intilardi. SHuningdek, u Ronaldino fintlarining shaydosi edi, bu borada soatlab mashq qilsa ham zerikmasdi.

Endilikda Bolazi APLdagi ko'cha futboli namoyandalarining eng yorqin vakili. Uning o'yin uslubi umuman o'zgacha. Futbolchining maydon tashqarisidagi hayoti ham keskin farq qiladi. Uyi orqasidagi maydonchada qanday shug'ullanishini tasvirga tushirib, Tvitter orqali namoyish etadi. Unda o'sha bolalikdagi maydoncha ham bor, ostida hammasi shu erdan boshlangan izohi bilan. Bolazi faoliyatini Malta chempionati saqlab qoldi

Uillesden parkidan APLga etib kelguniga qadar Bolazi Reshden end Daymonds va Xillingdon Boro havaskor jamoalarida to'p surgan. Bu erda to'plagan tajribasiga futbolchi yuksak baho beradi. Bir safar murabbiy shogirdining salomatligidan xavotirga tushib, uni maydondan barvaqt chiqarib olgandi. CHunki mag'lubiyatga uchrayotgan jamoa futbolchilari Yannikning artistligidan darg'azab bo'lib, uni mayib qilish payiga tushishgandi. Bundan tashqari, yana kimlardir futbolchini o'z uslubidan voz kechishga majbur etishga urinishdi, boshqalar uning uchun noqulay bo'lgan markazga o'tkazishdi. Boz ustiga, suniy qoplamali, bazi notekis maydonlarda to'p surishardi. Malta chempionatidagi bir yillik faoliyatidan keyin Bolazi Plimut, Barnet va Bristol kabi jiddiyroq jamoalarga jalb etildi.

Aynan Malta chempionati 18 yoshga etmasdan so'na boshlagan faoliyatni qaytadan jonlantirdi: Nihoyat, men professional maqomida to'p surish imkoniyatiga ega bo'ldim. Vaholanki, Maltaga yo'l olish arafasida barchasidan voz kechib, duradgorlik korxonasiga borishni mo'ljallab turgandim. Dugonamning otasi meni ishga olishga rozi bo'lgandi. Ayni o'sha damda Florianadan taklif tushdi. SHu tariqa futbolda qoldim, - deya eslaydi Yannik. Tez orada Maltadagi saytlarda yoqimli xabarlar paydo bo'ldi:CHempionatimiz ishtirokchisi uchun Everton 28 mln. taklif qilmoqda!.

Terma jamoada to'p surish - Bolazi uchun o'zga olam


Franciyada tavallud topib, Angliyada ulg'aygani bois, Bolazida bu ikki mamlakatdan birini tanlash imkoniyati bor edi. Futbolchi ota-onasining vatani bo'lmish Kongo Demokratik Respublikasini tanladi. Bunday qarorga kelishida Yannikning otasi o'z vaqtida Kongo o'smirlar terma jamoasida to'p surgani muhim rol o'ynadi.

Futbolning Kongodagi ahamiyati xususida Bolazining jamoadoshi va yaqin do'sti Gabriel Zakuani o'zining avtobiografik asarida shunday yozadi: Terma jamoaning o'yin kunlari hamma telbaga aylanadi. G'alaba qozonsak - butun mamlakat uchun navbatdagi o'yin kunigacha bayram. Mag'lub bo'lsak - fojia! Mashg'ulotlarni kuzatish uchun 40000ga yaqin muxlis keladi. Biz policiya va harbiylar hamrohligida yuramiz. Bu erga kelgan kishi terma jamoaning nima ekanligini tezda tushunadi. Gabriel asarda Yannik bilan qay tariqa tanishgani haqida ham yozgan: O'shanda men Peterboroda, Yannik esa Plimutda to'p surardik. O'zaro uchrashuv chog'ida u menga yuzlandi: Bolalik paytimda uyingizga borganman. Hayron bo'lganimni ko'rib, oilam, aka-ukalarim haqida gapirib berdi. Ularni noma-nom sanab chiqdi. O'yindan keyin ota-onam bilan bog'lanib, ulardan malumot oldim. CHindan ham Bolazilar oilasi biznikida mehmon bo'lishgan ekan. SHundan buyon Yannik bilan do'stmiz.

Bolazi musiqada ham o'zini sinab ko'rgan

Everton debyutanti bellashuvlarga musiqa tinglash orqali tayyorlanadi. Sanat bilan o'quvchilik yillarida oshno tutingan. 2000 yil oxirida SHarqiy Londonda bosh ko'targan xip-xop uslubini yoqtiradi. Yannikdagi qiziqish shunchalik jiddiyki, hatto u Lord of the Mics tanlovida qatnashishga ham ulgurdi. O'shanda Bolazi boshqa bir kasbdoshi, Arsenalning mashhur hujumchisi Ian Raytning o'g'li va SHon Rayt-Filipsning ukasi - Bredli bilan bahslashgandi. Taqdir taqozosi bilan ular Plimutda ham o'zaro duch kelib qolishdi. SHundan keyin bir-birlariga rep-kuplet ko'rinishida ovozli malumotlar jo'nata boshlashdi. Kongolik futbolchi Bredliga Arsenaldan joy olish uchun birgina jarangdor familiyaning kamlik qilishini shama qildi. Rayt-Filips ham nishonga aniq urdi:Gollar yo'qmi: o, men senga achinaman!

Ha, Rayt-Filips Bolaziga qanday zarba berishni yaxshi bilardi. Hozircha faoliyatida gollar juda kam ekanligini Yannik ham yaxshi ang­laydi, yanada yuqoriroq saviyaga erishish uchun bu kamchilik ustida jiddiy ter to'kishi kerakligi, APLdagi uchinchi mavsum davomida atigi 9ta gol urish hujumkor yarim himoyachi uchun yuqori natija emasligidan ham xabardor. To'g'ri, Kristall Pelasning o'ziga xos xususiyati Bolazini biroz himoya qila oladi - bu jamoada eng yaxshi to'purar lavozimiga markaziy himoyachi Skott Deni asosiy davogar. Qizig'i shundaki, Yannik Pelas tarixidagi dastlabki xet-trik sohibi sanaladi.

Bolazi samaradorlikni oshiradi

Futbolchidan The Guardian uchun intervyu olgan Anna Kessel uning yon daftarchasi yuritishiga etibor berdi. Malum bo'lishicha, o'z o'yinini yanada yuqoriroq saviyaga olib chiqish uchun amalga oshirayotgan ishlarini Yannik ushbu daftarchaga yozib borar ekan. SHuningdek, futbolchi qancha vaqt uxlagani, ertalab, tushda va kechqurun qanday taomlar tanov­vul qilganini ham belgilab boradi. Bu chora-tadbirlar futbolchining jismoniy holatiga qanday tasir etganini aniqlashda Bolaziga shaxsiy murabbiyi Rayan Uilson yordam bermoqda. Ular Bristolda tanishishgan. Uilsonning aytishicha, o'sha kezlari Yannik qotmadan kelgan, biroz beso'naqay va nimjongina yigitcha edi. Hozirda uning vazni 85-86 kg. Aslida, bu ko'rsatkich qanot yarim himoyachilari uchun mos emas. Bunday og'irlikda sportchilar birinchi og'ir vazn toifasidagi bokschilar orasida bo'lishadi. Biroq Uilson butunlay xotirjam: uning mijozi avvalgi tezligini yo'qotmagan holda tobora kuchga to'lib bormoqda. 40 metrli masofani 3,8-4,2 soniyada bosib o'tadi. Demak, xavotirga o'rin yo'q. SHunchaki, Uilson hamkorligida Bolazi hurkak toychoqdan qudratli tulporga aylanmoqda. Yuqori samaradorlik ham kuttirib qo'ymaydi!

Sports.ru - A.ISROILXONOV tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика