So’nggi yangiliklar

08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  0 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  3 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  4 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  8 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  32 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  47

Dostonbek Tursunov: “Qishda bo'ladigan Osiyo chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish kerak” Yangiliklar

Dostonbek Tursunov: “Qishda bo'ladigan Osiyo chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish kerak”

Iyul oyi o'rtasida O'zbekiston U-22 terma jamoasi BAAda Osiyo chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashib qaytdi.

Ravshan Haydarov ustozlik qilayotgan jamoamiz uchta o'yinda uchta g'alabaga erishib musobaqaning final qismiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Biz ushbu jamoa himoyachisi Dostonbek Tursunov bilan suhbatlashishga qaror qildik. Suhbat arafasida futbolchi Bekobodning “Metallurg” klubidan Farg'onaning “Neftchi” klubiga o'tgani malum bo'ldi.

15-19 iyul kunlari Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bahslarini o'tkazdi. BAAda o'tgan saralashda jamoamiz Livan, Nepal va BAA bilan kuch sinashib barcha o'yinlarda g'alabaga erishdi hamda kelgusi yilgi qita chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Futbolchi saralashning har bir o'yiniga to'xtalib o'tdi.
- Har qanday musobaqada birinchi o'yin doim og'ir bo'lishi barchaga malum. Saralashdagi ilk uchrashuvni Livanga qarshi bahs o'tkazdik. BAAda o'zi doim havo issiq bo'ladi. Yoz faslida esa havo harorati juda ham isib ketadi. Qiyin bo'ldi, ammo birinchi gol urib olgach to'pni nazorat qilib birinchi bo'limning o'zida 3 to'p farqi bilan oldinga chiqib oldik. Dastlabki turdagi g'alaba biz uchun ham murabbiylar uchun ham muhim edi. O'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortib ketdi.

So'ngra ilk turda mezbonlarga 0:5 hisobida yutqazgan Nepal bilan to'qnash keldik. Bu o'yinning muhimligi ham birinchisidan kam emasdi. SHukurki birinchi taymda hisobni ochishga erishdim. Nepal bilan uchrashuvda ham uch ochko oldik.

Oxirgi tur esa Osiyo chempionati yo'llanmasiga kim ega chiqishini oydinlashtirib berardi. BAA ham, biz ham 6 ochkoga ega edik. Sabr bilan raqib xato qilishini kutdik va yakunda ikkita gol urib niyatimizga etdik. Bizni qo'llab turgan xalqimizga rahmat aytaman. Vazifani bajarib yurtimizga yuzimiz yorug' bo'lib qaytib keldik.


Himoyachi terma jamoamiz aynan nimaning evaziga uchala o'yinda g'alaba qozongani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Jamoadagi barcha futbolchilar birdam bo'lib harakat qildi. Har bir o'yinda o'zimizning borimizni berib o'ynadik. Osiyo chempionatiga chiqishimiz shartligini sezib turdik. Agar final bosqichiga chiqsak bu futbolchilarning ham keyingi faoliyatiga ijobiy tasir qilishi barchaga malum edi.

“G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat esa murabbiyniki”. Bu iborani deyarli barcha biladi. Ammo himoyachi bu gaplarga qo'shilmadi va Ravshan Haydarov haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.  

- Ravshan Haydarov uchrashuvlardan so'ng yigitlarni ruhan tayyorladi. Futbolchilarga hali vazifa bajarilmaganini uqtirib bordi. Livan bilan o'yindan keyin ham, Nepal bilan bahsdan keyin ham bo'shashmadik. Nihoyat BAA bilan o'yindan keyingina biroz xotirjam bo'ldik.

Saralash bahslari davomida jamoamiz himoyachilari Dostonbek Tursunov va Islomjon Qobilov raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Bu boradagi savolimizga Tursunov quyidagicha javob qaytardi.

- To'g'ri raqib darvozasiga gol urish doim yoqimli. Mashg'ulotlar vaqtida himoyachilar bilan alohida shug'ullanar edik. Standart vaziyatlar ustida ko'p ishlardik. O'yinlar vaqtida bu samara berganidan xursandmiz albatta. Zamonaviy futbolda istalgan chiziq vakili ham to'p kiritishi mumkin. Yaqin orada himoyachilarning gol urishi ham odat tusiga kiradi. Men bunga ishonaman.


Yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritib o'z vazifasini bajardi. Ushbu jamoa azolari yaqin vaqt ichida milliy terma jamoamizdan o'rin olishlari turgan gap. Yoz fasli so'nggi va kuz fasli boshida Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa Rossiyadagi Jahon chempionati yo'lida ikkita juda muhim o'yinni o'tkazishidan o'quvchilarimizning xabarlari bor. Kelajakda milliy terma jamoada o'ynashni orzu qiladigan Dostonbek Tursunov bu o'yinlardan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
- Milliy terma jamoamizda o'ynashni har bir futbolchi orzu qiladi. Jamoamiz albatta omad tilaymiz. Termamiz Xitoy to'sig'idan o'tishiga va Janubiy Koreyani mag'lub etishiga shaxsan men ishonaman. Nasib qilsa terma jamoamiz Rossiyadagi mundialga boradi.  Buni futbolchilarning o'zi ham, ko'p millionlik xalqimiz ham kutmoqda.

U-23 Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 9-27 yanvar oralig'ida Xitoyda bo'lib o'tadi. Himoyachi ushbu musobaqadagi maqsad haqida gapirib berdi.

- Osiyo chempionatiga qadar vaqt bor. O'sha paytda O'zbekistonda hali mavsum boshlanmagan bo'ladi. SHu bois qishda jamoamiz yig'inlar o'tkazib o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi. Har qanday vaziyatda ham jamoamiz chempionlik uchun kurashadi, boshqacha bo'lishi mumkin emas.


Birinchi davrani “Metallurg” safida o'tkazgan himoyachi davralar oralig'ida Farg'onaning “Neftchi” klubiga ko'chib o'tdi. Futbolchi oliy ligadagi debyutini aynan shu klubda o'tkazganini ko'pchilik bilsa kerak. Biz mavsum o'rtasida nima uchun jamoasini o'zgartirgani hususida savol berdik.
- Meni "Neftchi"ga bosh murabbiy Vadim Abramov hamda klub raisi Tohir Kapadze taklif qilishdi. Jamoaga yordam berishimni so'rashdi. Ushbu jamoa men uchun begona emas, shu bois ko'p o'ylamay ushbu taklifga rozilik bildirdim. Ikkinchi davrada jamoani imkon qadar yuqori o'rinlarga olib chiqishimiz kerak. Jamoa safida mahoratli futbolchilar yig'ilgan. To'g'risi 15-o'rin "Neftchi"ga umuman yarashmaydi. G'alabalarga erishib muxlislarni quvontirishga harakat qilamiz.

Narzulla Saydullaev


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика