Dostonbek Hamdamov: "Sergey Lushandan bir umrga minnatdorman"
26 okt 2017 08:41
Yangiliklar
Dostonbek Hamdamov: "Sergey Lushandan bir umrga minnatdorman"
Biz yarim himoyachi bilan bir qator mavzular borasida suhbatlashishga qaror qildik.
- 2017 yilgi mavsum haqida nima deya olasiz? Birinchi davradagi "Bunyodkor" ikkinchi davrada ancha o'ziga kelib oldi...
- Bu mavsum biz uchun og'ir kechmoqda deb o'ylayman. CHunki birinchi davrada yo'qotilgan ochkolar, murabbiy almashishi...Barchasi bizga albatta tasir qildi. Ikkinchi davrada ko'p ochkolar qo'lga kiritdik va mavsumni yuqori o'rinlarda tugatamiz deb umid qilaman.
- Qosimov jamoaga kelgach natijalar yaxshilandi. U nima dediki barchasi yaxshi bo'lib ketdi?
- Har bir murabbiyning o'ziga xos ish uslubi va taktikasi bor. Qosimovda ham shunday. Ularga amalga qilib natijalar qo'lga kiritayapmiz.
- SHu kunga qadar xorij klublaridan takliflar bo'lganmi? Xorijga ketish vaqti bo'lmadimi?
- Takliflar bo'lgan, o'zimga emas klub bilan aloqaga chiqishganini eshitganman. Hozircha "Bunyodkor" bilan shartnomam bor. Barchasiga ularga bog'liq. CHet elga chiqishning vaqti keldi deb o'ylayman. Yaxshiroq harakat qilib boshqa klublarning ham nazariga tushishni istayman. Evropa klublariga o'tishni xohlyman, barcha Evropada o'ynao'ni istaydi. Qaytaraman, hammasi "Bunyodkor"ga bog'liq, chunki shartnomam bor. Ayni paytda bor etiborim oliy liga va kubok finaliga qaratilgan.
- Qaysi klubga muxlislik qilasiz? Kumiringiz bormi?
- Aniq bir futbolchi yoki klubga muxlislik qilmaymn. CHiroyli o'yin tarafdoriman. Har bir jamoaga muxlislik qilaveraman. Masalan, "Real" - "Tottenxem" uchrashuvini ham tomosha qildim. Ikki jamoa ishtirokida chiroyli o'yin guvohi bo'ldim.
- Dostonbek Hamdamov futbolga ilk bor kelganida, yani yoshligida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan? Nimalarni orzu qilgan?
- (kuladi) Maqsadim Evropa grand klublarida o'ynash bo'lgan. Bundan tashqari yoshligimda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni orzu qilganman.
- Bolalar futboli haqida qanday fikrdasiz?
- O'zbekistonda kuchli yosh futbolchilar juda ko'p ularga yaxshilab etibor qaratilsa bu kelajakda o'z mevasini beradi. Ammo oxirgi yillarda yoshlarimiz va o'smirlarimiz nimaga Jahon chempionatlariga chiqa olishmayotganini bilmayman. Lekin individual mahoratli futbolchilar ko'p, ammo jamoaviy yutuqlar bo'lmayapti.
- O'zbekiston milliy terma jamoasiga nega chaqirilmadim deb o'ylaysiz? Faqat bilmayman deb aytmang.
- Terma jamoaga nega chaqirilmaganimni to'g'risi ham bilmayman-da (kuladi). Balki men o'ynagan joyda mendan kuchliroq futbolchi bo'lgandir. Har bir bahsda terma jamoamizni qo'llab turdik. So'nggi, Janubiy Koreya bilan uchrashuvda ham stadionga borib muxlislar qatorida bahsni kuzatdik. Bu maydonga tushib futbol o'ynashdan ham og'ir bo'ladi. Xudo xohlasa, keyingi saralashda astoyidil harakat qilib Jahon chempionatiga chiqamiz.
- Nega o'zbek futbolchilai trenajer zallarida ko'p ham shug'ullanishmaydi?
- Hamma narsani o'z vaqti soati bor. Biz ham "kachok" bo'lib yurishni xohlaymiz. Faqat murabbiylarning tavsiyasi bilan mashg'ulot o'tkazamiz. O'zimiz bilganimizcha trenjar zaliga kirib tosh ko'targandan foyda yo'q.
- Toshkentdagi bahslarga juda kam odam tashrif buyuradi. "Buxoro", "Nasaf" va "Navbahor" kabi klublarning uy o'yinlariga esa ko'plab muxlislar kelishadi. To'lib toshgan stadionda o'ynash uchun ham bu kublarga o'tishga rozi bo'larmidingiz?
- Muxlislar bilan baribir futbol boshqacha, lekin yoshligimdan "Bunyodkor"da o'sganim uchun hozir bunday reja qila olmayman. Balki kelajakda bu klublarda ham faoliyat olib borishim mumkin.
- 2015 yil Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgansiz. Nima uchun o'shanda Dehlida o'tgan tadbirga bormagansiz?
- Bilmadim, bizga hech kim indamagan. Sovrin yutganimni internet orqali bilgaman. Nimaga bormaganimni o'zim ham bilmayman. Keyin yanvar oyida Qatarda o'tgan U-23 Osiyo chempionati vaqtida OFK vakili menga ushbu sovrinni topshirgan edi. Bu sovrin bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Harakat qilib katta katta yutuqlarga erishmoqchiman.
- Bu mavsumning eng yaxshi uch futbolchisini sanab bering. Faqat ular orasida "Bunyodkor" o'yinchilari bo'lmasin.
- "Lokomotiv" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev. "Qo'qon-1912" vakili Javohir Sidiqov va "Buxoro"da o'ynayotgan Javohir Qahramonov.
- Yilning eng yaxshi murabbiyi kim bo'ladi deb o'ylaysiz?
- Qiyin savol. Balki Mirjalol Qosimov bo'lar. Agar kubokni yutsak va oliy liga ikkinchi o'rinni qo'lga kiritasak shunday bo'lishi mumkin.
- Siz uchun "Bunyodkor"da bu mavsumning eng yaxshi futbolchisi kim?
- Bu yilgi mavsumda Akrom Komilov, Otabek SHukurov va Rustam Ashurmatov yaxshi o'ynashmoqda. Nazarimda mana shu uch futbolchi jamoadagi eng yaxshilari.
- Mirjalol Qosimov matbuot anjumanlaridan birida "Bunyodkor"dagi futbolchilar yosh bola emas allaqachon qizlar bilan yurishibdi deb aytgandi. Ular orasida Dostonbek Hamdamov ham bormi?
- Hali qizlar bilan yurmaymiz. Hali uylanishga vaqt bor. Nimani nazarda tutib aytganlarini bilmayman (kuladi). Qizlar bilan gaplashaman, ammo asosan do'st sifatida.
- Stadionda yaqinlaringiz bo'lsa sizga qo'shimcha bosim yuklamaydimi?
- Yo'q bosim bo'lmaydi. Ota-onam, uydagilarim o'yinlarimga kelib turishadi. Ayniqsa dadam ko'p keladilar. Ammo bu menga hech qanday bosim yuklamaydi.
- "Mashal" bilan o'yinda gol urgach uni kimgadir bag'ishladingiz. O'sha inson kim edi?
- Bu sir bo'lib qolaqolsin (kuladi). Bu golni uydagilarimga bag'ishlamadim. Ammo kimgaligini ham ayta olmayman. Bu savolga javob bera olmayman.
- Yaqinda "Barselona" klubi o'z yarim himoyachisi Andres Inestaga bir umrlik shartnoma taklif qildi. Agar "Bunyodkor" sizga shunday shartnoma taklif qilsa qanday javob berasiz?
- To'g'ri yoshligimda "Bunyodkor" professional futbolchi bo'lib etishishimda katta o'rin tutdi. Ammo o'zimni Evropa klublarida sinab ko'rmoqchiman. Inesta Evropaning eng kuchli futbolchilaridan biri va Jahonning eng kuchli klubida o'ynaydi. SHu bois butun umr shu erda qolishga qarshi bo'lmadi menimcha.
- Yozda Rossiya premer-ligasining "Rostov" klubiga o'tgan do'stingiz Eldor SHomurodov haqida nima deya olasiz? U Rossiyada o'ynab keta olarmikin?
- Eldor SHomurodov shaxsan men uchun eng yaxshi futbolchilardan biri. Ammo hali o'z so'zini aytgani yo'q. "Rostov"da unga kam vaqt berishayotgan bo'lsa ham Eldor undan unumli foydalanishiga ishonaman.
- Suhbat so'nggida kimlarga rahmat aytmoqchisiz?
- Men bilan ishlagan barcha murabbiylar va futbolchilarga rahmat aytaman. Ayniqsa Sergey Ivanovich Lushandan bir umr minnatdorman. Bundan keyin ham kuchli klublarda o'ynab mana shunday intervyu bersam ham ular haqida gapirishdan to'xtamayman.
VIDEO. Dostonbek Hamdamov qaysi savolga javob berishni istamadi?
Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Fikrlar