So’nggi yangiliklar

10:00“Барселона“ қизиқаётган футболчи “Реал“га ўтиб кетиши мумкин  2 09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  7 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  9 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  2 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  4 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2

Doston Tursunovning SHotlandiyadagi taqdiri nima bo'ldi? Uni keyingi mavsum legioner sifatida ko'ramizmi? Yangiliklar

Doston Tursunovning SHotlandiyadagi taqdiri nima bo'ldi? Uni keyingi mavsum legioner sifatida ko'ramizmi?

"Surxon" klubining iqtidorli va yosh himoyachisi Doston Tursunov yaqinda SHotlandiyaning "Livingston" klubida ko'rikda bo'lib qaytganidan xabaringiz bor.

Xo'sh, nima uchun futbolchimiz legionerga aylanmadi? U erdagi taassurotlar qanday? Bu borada Doston Tursunov saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovga batafsil fikrlarini bildirib o'tdi. 

- "Surxon" uchun bu yilgi mavsum qanchalik kutilgan va kutilmagan tarzda o'tmoqda? Jamoa oldida maqsad yo'qligi va bosimsiz o'ynayotgani ham tasir qilyaptimi?

- Muxlislar va jurnalistlar uchun kutilmagan bo'lishi mumkin. Lekin biz mavsum boshida yaxshi natija ko'rsata olishimizga ishongan edik. Natijalarimiz yaxshi. Bundan ham yaxshi qilishga harakat qilamiz. Bosimga kelsak, bizda barcha o'ziga ishongan. Yosh murabbiylar shtabi bilan yaxshi ishlayapmiz. Bosim barchada bo'ladi. Ayniqsa mavsum boshida bu sezildi. 

-  Jamoadagi eng katta lider kim? Umuman yosh futbolchi sifatida siz etakchi futbolchi deganda nimani tushunasiz?

- Jamoamizda aynan bitta futbolchini lider, demagan bo'lardim. CHunki har bir futbolchining o'z vazifasi bor. Biz maydonga bitta jamoa bo'lib tushamiz. Etakchi futbolchi deganda, kim bo'lishidan qatiy nazar maydonda borini beradigan, jamoani ortidan ergashtira oladigan futbolchini tushunaman. 

- SHotlandiya klubi "Livingston" varianti qachon paydo bo'ldi? Taassurotlar qanday?

- SHotlandiyaga to'xtaladigan bo'lsam, birinchi davra tugagandan so'ng agentlar aloqaga chiqishdi. "Livingston" murabbiyi o'yinimni ko'rganini aytishdi. Lekin vizalar sabab biroz kechikdim. Klubda yaxshi kutib olishdi. Baribir Evropa muhiti sezilib turadi. Hattoki, bitta uchrashuvda ham maydonga tushdim. Mashg'ulotlar, uning atrofidagi jarayonlar barchasi professional darajada. Klub uy uchrashuvlarini qabul qiladigan maydon suniy qoplamali hisoblanadi. Iqlimi yomg'irli. Lekin futbol o'ynaydigan sharoit. CHempionat o'yinlarini kuzatdim. Jismoniy taraflama katta kuch talab qilinadi. Nasib qilsa, bu men uchun o'sishimga katta turtki bo'ladi, deb o'ylayman. 

- Ular shunchaki  ko'rik uchun chaqirdimi? Keyingi mavsumda sizni "Livingston" safida ko'ramizmi?

- Bir yarim oy kech bordim. Bu pallada har bir poziciyada 3-4 nafar futbolchi bor edi. Murabbiy bilan gaplashdim. SHotlandiyada qishda birinchi davra yakunlanadi. SHundan keyingina bu masalani yana o'ylab ko'ramiz. 

- Legioner sifatida qaysi jamoa libosida to'p tepishni maqsad qilgansiz?

- Qanday jamoa bo'lishidan qatiy nazar maqsadim APLda o'zimni sinab ko'rish.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика