So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  40 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Doston Tursunov: “Mashg'ulotda hamma astoydil ishlamoqda” Yangiliklar

Doston Tursunov: “Mashg'ulotda hamma astoydil ishlamoqda”

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi U-20 yoshlar terma jamoasi Toshkentda navbatdagi yig'inni o'tkazmoqda.
Mashg'ulotlar bilan birga sinov-nazorat o'yinlarida ham ishtirok etayotgan yoshlarimiz kuni-kecha “Navbahor” bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng himoyachi Doston Tursunov yig'in haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- 19 fevral kuni yana Toshkentda navbatdagi yig'inni o'tkazishga kirishdik. CHig'atoyda yig'ildik. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazilmoqda. Ertalab jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlasak, tushlikdan so'ng to'p bilan taktik jihatlar ustida shug'ullanyapmiz. Mashg'ulotlarni Ravshan aka Haydarov va Ilhom aka Mo'minjonov olib bormoqda.

- Tabiiyki har bir futbolchi o'zidan yaxshi taassurot qoldirish maqsadida astoydil ishlamoqda. CHunki har bir o'yinchi mundialda ishtirok etishni istaydi. Bu yo'lda o'zimizni ijobiy tomondan ko'rsatishimiz shart bo'ladi.

- Bu safargi yig'inimizga bir qator yangi nomzodlar taklif etilganini ko'rish mumkin. Yoshimiz teng bo'lgani uchun ham ularning kirishib ketishi u qadar murakkab bo'lmaydi deb o'ylayman.

- Maqsadim yoshlar terma jamoamiz bilan JCHga borish va u erda ham o'zimni ko'rsatish. Qolaversa “Neftchi”da debyutimni o'tkazishni xohlayman. Nasib qilsa bu yil asosiy tarkibda o'ynash uchun bor kuchim bilan xarakat qilaman – deydi Doston Tursunov.

Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика