Doston Tursunov: "Asosiy maqsadimiz Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshlash"
08 jan 2019 00:07
Yangiliklar


Doston Tursunov: "Asosiy maqsadimiz Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshlash"
"Ummonga qarshi o'yinga tarkibdagi barcha futbolchilar tayyor. Mashg'ulotlarda astoydil harakat qilyapmiz. Asosiy maqsadimiz Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshlash. O'tgan yil Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida Ummon darvozasiga gol kiritish nasib qilgan va o'sha gol evaziga raqib ustidan g'alaba qozongandik. Endi bu ishni milliy terma jamoa bilan ham amalga oshirmoqchimiz.
O'sha o'yinda standart vaziyat yuzaga kelganda, murabbiyimiz oldinga borishga ko'rsatma bergandilar. To'p jarima maydonchasiga oshirilgandan keyin darvozaga zarba yo'llandi, darvozabon qaytardi. Ko'p futbolchilar bir joyga to'planib qolishgandi. SHunga qaramay to'pni darvozaga yo'naltirishga ulgurdim.
Osiyo Kubogida ko'plab kutilmagan natijalar ro'y beryapti. Bu ham bo'lsa jamoalar darajasi bir biriga ancha yaqinlashib qolganini bildiradi. Har bir raqibga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", — deydi Doston Tursunov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar