So’nggi yangiliklar

20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  0 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  2 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0

Doston Tursunov: “Asosiy tarkibda ham o'ynash uchun bor kuchimni ishga solaman” Yangiliklar

Doston Tursunov: “Asosiy tarkibda ham o'ynash uchun bor kuchimni ishga solaman”

Sir emaski, “Neftchi” avvaldan turli yoshdagi terma jamomalarimizga bir qator nomzodlarni etishtirib kelmoqda.
Bu yil yoshlar jamoasidan himoyachi Doston Tursunov porlab chiqdi. Aytish lozimki, oltiariqlik futbolchi U-19 terma jamoasining tashkil topganidan buyon uning barcha yig'inlarida ishtirok etib kelmoqda. Ravshan Haydarov Myanma davlatida o'tkazilgan Osiyo chempionatida Tursunovning xizmatidan ham foydalandi. 19 yoshli futbolchining endigi asosiy maqsadi “Neftchi”ning asosiy tarkibidan o'rin egallash va yoshlar terma jamoamiz safida Yangi Zelandiyada o'tadigan jaxon chempionatida ishtirok etishdir. Bu haqda u bilan o'tkazilgan suhbatimiz jarayonida aytib o'tdi.

- Doston, “Neftchi” yoshlar jamoasi bu yil 2-o'rinni egalladi. Buni jamoadagilar qanday qabul qildi?

- Yaxshi desa bo'ladi. CHempionlik uchun kurash qizg'in kechdi. Afsuski o'z maydonimizda “Metallurg” va “Qizilqum”ga qarshi o'yinlarda durang o'ynab qo'ydik. Natijada qimmatli ochokolar boy berildi. Aslida birinchi o'rinni egallashimiz kerak edi. Murabbiylarimiz ham chempionlik uchun kurashishimizni aytgandi. O'zingizga yaxshi malum, birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlagandik.  SHunday bo'lsada ko'nglimiz to'ldi deya olaman. Mavsum poyoniga etgach, murabbiylar shtabi va rahbariyat tomonidan munosabat yaxshi bo'ldi. 2-o'rin ham yomon emas. Nasib qilsa kelasi yil chempionlik uchun kurashamiz.



-  Jamoa uchun qaysi bahslar nisbatan qiyin bo'ldi?
- Safarda “Bunyodkor” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadik. Qarshida esa “Nasaf”ni 1:0ga yutdik. Mazkur uchrashuvlar nazarimda boshqalarga nisbatan qiyin bo'ldi. O'z maydonimizda o'tkazgan bahslarni oladigan bo'lsak, “Mashal” va “Metallurg”ga qarshi to'qnashuvlar nihoyatda murakkab kechdi.

- “Mashal” chindan ham “Neftchi”dan kuchli edimi yoki sizlar yo'l qo'ygan xatolar evaziga o'tib ketdi deb o'ylaysizmi?
- O'zimizning xatoimiz evaziga “Mashal”ni oldimizga o'tkazib yubordik. Ularni chempionlik bilan tabriklayman. Lekin “Mashal”ni bizdan kuchli ko'rindi deya olmayman. 

- Bu yil yoshlar jamoasi tarkibida deyarli barcha uchrashuvlarda ishtirok etdingiz. Ortda qolgan mavsumda harakatlaringizdan o'zingiz qay darajada qoniqish xosil qildingiz?
- To'g'ri, bu yil murabbiylarimiz menga ko'proq ishonch bildirdi. Bunga javoban o'zimni ijobiy tomondan ko'rsatishga urindim. Albatta futbolchi qancha ko'p o'ynasa, o'yindan-o'yinga o'sishga erishib boradi. O'yin amaliyoti juda muhim. O'sishga erishganimni o'zim ham xis qildim. Tabiiyki bunda klubdagi murabbiylarimiz Murod Ismoilov, Sergey Kovshov, Andrey Fyodorov, Bahrom Haydarov va SHerzod Raimjonovning ko'rsatgan to'g'ri yo'l-yo'riqlari va bergan ko'rsatmalari katta foyda berdi. Mashg'ulotlarda o'z maslahatlarini ayamadi. Qolaversa terma jamoada bo'lib u erda ham katta o'sishga erishdim. O'zimizda o'tkazilgan va xorijdagi yig'inlar samara berdi. Ravshan Haydarov va Ilhom Mo'minjonov ham bu borada menga katta yordam berdi. Ortda qolgan mavsumda o'z o'yinimdan qoniqish xosil qildim. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman va yangi maqsadlar sari o'z ustimda ishlashda davom etaman.

- Joriy mavsum kichik kumush medallarini qo'lga kiritgan “Neftchi” yoshlariga bo'lgan etibor qay darajada bo'ldi?
- Bu erda yoshlar jamoasiga avvaldan munosabat yaxshi bo'lib kelgan. Bu yil ham rahbariyat va murabbiylar doimiy ravishda kuzatib bordi. Imkon qadar kerakli sharoitlarni yaratib berishdi. Terma jamoaga taklif olgan paytlarimda har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'lib turdi. Qolaversa bosh murabbiy Murod Muzaffarovich ham har bir o'yinimizni kuzatib bordi.  



- Aytishlaricha sizga bir nechta klublardan qiziqishlar bo'layotgan ekan. Xatto poytaxt klublaridan biriga ko'chib o'tishingiz borasida eshitdik. SHunga o'zingiz yordamingizga aniqlik kiritib olsak maqsadga muvofiq bo'lardi.
- Bu yil shartnomam yakuniga etadi. SHu bois chindan ham takliflar bo'ldi. Lekin bu haqda o'ylab ko'rganim yo'q. Sababi “Neftchi”dan ketmoqchi emasman va amaldagi bitimni uzaytirish niyatim bor. 

- Bu yil asosiy tarkib ishtirokidagi o'yinlarning ayrimlarida 18talik ro'yxatga kiritilganingizni ko'rdik.
- Ha, joriy mavsum bazi uchrashuvlarda 18talik ro'yxatdan o'rin oldim. Agarda imkoniyat berilganida bundan unumli foydalanib qolishni maqsad qilgandim. Lekin bu yil oliy ligada debyut qilish nasib qilmadi. Kimni maydonga tushirishni murabbiylar hal qiladi. SHu bois buni hozir muhokama qilmoqchi emasman. Extimol ular meni yosh deb unchalik ishonishmagandir. SHunga qaramay tushkunlikka tushmasdan o'z ustimda ishlashda davom etyapman.
 
- Demak kelasi yil butunlay asosiy tarkib bilan birga mashg'ulot o'tkazasiz. Elitada debyut qilish uchun masofa oz qoldi desa bo'ladimi?
- Nasib qilsa kelasi yil asosiy tarkibda o'ynash uchun menda yana imkoniyat bo'ladi degan umiddaman. To'g'ri, bunga osonlikcha erishib bo'lmaydi. Hammasiga mexnat orqali erishishni istayman.

- Yoshlar jamoasidagi o'yinlarni kuzatganimizda ko'pincha markaziy himoyada harakat qildingiz. Aytingchi qaysi jamoadoshingiz bilan tandem bo'lib o'ynash siz qulayroq?
- Bu yil markaziy himoyada ko'pincha sardorimiz SHoxruh Xolmatov bilan birga tandem bo'lib o'ynadik. Boshqa jamoadoshlarimni ranjitmagan xolda shuni aytishim mumkinki, aynan ko'proq Xolmatov bilan o'ynash menga har tomonlama engil kechdi.

- Doston Tursunov uchun qaysi raqib o'yinchilariga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi?
- “Mashal” qarshi bahsda anchagina ter to'kdik. Alohida o'yinchilarni keltiradigan bo'lsam, bu jamoadan Eldor SHomurodov, SHoxruh Dostonov hamda Otabek SHukurovga qarshi o'ynash qiyin kechdi. SHuningdek “Paxtakor” yoshlar jamoasidagi Jamshid Boltaboev va Javohir Sidiqov ham bizga katta tashvish tug'dirdi.

- O'z ampulangiz bo'yicha oliy ligadagi qaysi futbolchiga taqlid qilasiz?
- Menga ko'proq Islom To'xtaxo'jaevni o'yini yoqadi. Bu futbolchiga xavas qilaman va unga bo'lgan hurmatim yuqori. “Neftchi”ning sobiq o'yinchisidan o'zimga nimadir kashf etishga harakat qilaman.

- Bu yil “Neftchi”dagi qaysi himoyachining o'yini sizga yoqdi?
- Bu borada Jahongir Mehmonovni ko'rsatgan bo'lardim. Markaziy himoyada aqlli o'yin ko'rsatish bilan boshqalarga namuna bo'la oladi. 



- Yoshlar jamoasidagi o'yinchilardanchi?
- Bu yil Izzat G'aniev bilan Nodir Kamolov yoshlar jamoamizning haqiqiy etakchilari bo'lishdi. Ular nisbatan boshqalardan yaqqol ajralib turdi. G'aniev va Kamolovda  o'yinni o'z qo'liga olish xususiyati mujassam. Ajab emaski, bu futbolchilar ham kelasi mavsumda to'liq asosiy tarkibga jalb etilsa. 

- SHu o'rinda “Neftchi” yoshlar jamoasida o'tkazgan ilk uchrashuvingizni eslab o'tsak. Nima deysiz?
- Bemalo. Yoshlar jamoasidagi birinchi uchrashuvimni o'tgan mavsum “SHo'rtan”ga qarshi o'tkazganman. Mazkur bahsda Sergey Kovshov menga ishonch bildirgan va o'z maydonimizdagi bahsni 2:0 hisobida o'z foydamizga hal etganmiz. Kichik debyutim omadli chiqqandi. Bu o'yinni sira unutmayman.

- Sergey Kovshov bilan ishlash qanday kechmoqda?
- Avvalo yoshlar jamoasiga meni o'tkan yili Asad Do'rmonov taklif etganini aytib o'tishni istardim. Keyinchalik Sergey Gennadevich boshqaruvni o'z qo'liga olgach,  u kishi menga ishonch bildira boshladi. SHu darajaga chiqishimda Kovshov katta yordam berdi. Buning uchun u kishidan minnatdorman.

- Suhbatimizni yoshlar terma jamoasi haqida davom ettirsak. U-19 yoshlar terma jamoasiga qachondan chaqiruv ola boshlagansiz?
- Bu terma jamoa 2012 yilning oxirlarida yangi tuzilgandi. O'tgan yildan buyon har galgi yig'inlarga taklif olib kelyapman. Meni bu terma jamoaga ilk bor, avvalgi bosh murabbiy  Aleksey Evstafeev taklif qilgandi. Albatta terma jamoa lageriga borganimda boshida o'ziga yarasha hayajon bo'lgan. Keyinchalik esa hamma yigitlar bilan yaqindan tanishib xuddi “Neftchi”dagi kabi o'zimni yaxshi xis eta boshladim.

- Terma jamoada ham har bir o'yinda boshlang'ich tarkibda doimiy ravishda o'ynab kelmoqdasiz...  
- To'g'ri, lekin men terma jamoadagi o'rnimni naqd deya olmayman. Bilasiz terma jamoa bu o'z nomi bilan terma jamoadir. Murabbiylar shtabi boshqa klubdagi nomzodlarni ham doimiy ravishda kuzatib boradi. Agarda men hozirgi o'rnimdan havolanib yoki ortiqcha ishonib yuborsam, ertaga boshqa futbolchi aynan meni joyimda o'ynab ketishi mumkin. Murabbiylar menga ishonch bildirmoqda. Men ham o'z navbatida uni oqlash uchun harakat qilyapman.

- Oktyabr oyida o'tkazilgan Osiyo chempionatida finalga chiqish uchun nima etishmadi?
- Myanmada o'tgan Osiyo o'yinlarida avvaliga guruhda barcha uchrashuvlarni o'z foydamizga hal etdik.  Yarim finalda esa KXDRga mag'lub bo'ldik. Nima desam bo'ladi? Muammo yo'q edi. Ungacha xorij yig'inlarida kuchli terma jamoalarga qarshi sinov-nazorat bahsdarida ham ishtirok etgandik. Afsuski yarim finalda kutilgan o'yinni ko'rsata olmadik. Vaholanki uchrashuvga tayyorgarlik yuqori darajada bo'lgandi. Lekin muhimi kelasi yil o'tkaziladigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdik. 

- Nufuzi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadigan bo'lajak musobaqaga tayyorgarlik qay darajada?
- Yangi Zelandiyada o'tadigan jahon chempiontiga borish – eng katta maqsadlarimdan biridir. Yanvar oyidan tayyorgarlik boshlansa kerak. Albatta bor kuchimni berib, o'zimni ko'rsatishga urinaman.

- Navbatdagi bosh murabbiy Ravshan Haydarov haqida iliq fikrda bo'lsangiz kerak?  
- Albatta Ravshan Akmalovichning o'ziga yarasha ish uslubi bor. Yuqori malakaga ega murabbiy. Ilgari ham milliy terma jamoada ishlagan. Futbolchilarga o'zi xohlagan narsani to'g'ri etkazib bera oladi. SHu kungacha yoshlar terma jamoasida qaysi murabbiy ishlagan bo'lsam, ularning barchasini bizga katta yordam berdi. Sergey Lushan va Ilhom Mo'minjonov ham o'sishga erishishimizda katta hissa qo'shdi.  

- Kelasi yil ko'proq yoshlar terma jamoasi ixtiyorida bo'lasiz...
- Terma jamoada o'ynash har bir futbolchining orzusi. Bu sharaf! Garchi keyingi yil asosan terma jamoa ixtiyorida bo'lsamda, “Neftchi” murabbiylari meni doimiy tarzda kuzatib boradi deb o'ylayman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика