So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Doston Ibragimov: “Olimpiya terma jamoasida Evropa futboli havosi hukmron” Yangiliklar

Doston Ibragimov: “Olimpiya terma jamoasida Evropa futboli havosi hukmron”

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro turniriga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

TTYMI stadionidagi navbatdagi mashg'ulotlar boshlanishidan oldin Doston Ibragimovni fikrlari bilan qiziqdik.

- Mana bir nech yig'indan beri OTJ tarkibida mashg'ulotlarda qatnashyapsiz. Mazkur vaqt oralig'ida o'zingiz uchun nimalarni kashf qildingiz?

- Olimpiya terma jamoasining murabbiyi o'z vaqtida Evropaning nomdor klublarida to'p tepgan Lyubinko Drulovich sanaladi. Tabiiyki undan ko'p yangi narsalarni o'rgansa bo'ladi. Yig'in quvnoq kayfiyatda o'tyapti. Dubaydagi turnirda g'oliblik uchun harakat qilamiz.

- Aytingchi jamoada to'liqligicha Evropa futboli havosi sezilib turadimi?

- Ha, shunday desa ham bo'ladi.



- Masalan, xorijda futbolchilar o'z ustilarida tinmay ishlaydilar. Mashg'ulotlarga barvaqt kelib qo'shimcha mashqlarni bajarishadi. Milliy terma jamoada yoki olimpiya termasida bunga qay darajada guvoh bo'ldingiz?

- To'g'ri. Bizda ham shunday futbolchilar etarlicha. Albatta aytganingizdek erinchoq futbolchilar yo'q emas. Men o'ylayman hammasi odamning o'ziga bog'liq. Insonda xohish bo'lmasa unga hech kim yordam bermaydi.

- To'g'ri ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilish futbolchining o'yniga nechog'lik tasir o'tkazadi?

- Katta ahamiyati bor. Professional futbolchining kun tartibi bo'ladi. Boshqa sport turlarida ham ovqatlanish tartibi muhim rol o'ynaydi.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика