Doston Ibragimov hozir qaerda?
13 may 2021 15:05
Yangiliklar
Doston Ibragimov hozir qaerda?
Mamlakatimizning o'smirlar, yoshlar va olimpiya terma jamoalari safida o'ynagan Doston Ibragimov yodingizdami?
1997 yilda tug'ilgan futbolchi Ektor Kuper davrida milliy jamoamizga ham jalb qilina boshlagandi. "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Superligada "Buxoro" va "Qizilqum" klublari safidagi o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozondi. Biroq, navoiylik o'yinchi 2020 yilning yozidan keyin katta sahnada ko'rinish bermay qo'ydi. SHu tufayli "championat.asia" kuzatuvchilari Ibragimovning ayni paytda qaysi jamoada to'p tepayotgani bilan qiziqishdi (saytimizning izohlar bo'limida).
Malumot uchun, Doston Ibragimov ayni paytda Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida, mahalliy "G'ijduvon" klubi sharafini himoya qilyapti. Mazkur jamoa Birinchi liga ishtirokchisi hisoblanadi.
Fikrlar