Doston Ibragimov: "Bizda Olimpiadaga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat bor"
19 jan 2020 21:34
Yangiliklar


Doston Ibragimov: "Bizda Olimpiadaga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat bor"
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O'zbekiston (1:5) uchrashuvidan keyin Doston Ibragimov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin oson bo'lmasligini bilgandik. Kim ko'proq to'p bilan harakat qilsa o'sha jamoa yutishini bilardik. Barcha yigitlar o'z vazifasini alo darajada bajarishdi va g'alaba qozondik. Hisob yirik ko'rinish olgan bo'lsa-da oson bo'lmadi.
Bizda Olimpiadaga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat bor. Saudiya Arabistoni bilan o'yinga yaxshi tayyorlanib tarix yaratishga harakat qilamiz", - dedi Doston Ibragimov.
Akramjon Mamadaliev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar