Dordji Sangadjiev: “Maydonga g'alaba uchun tushishga tayyormiz”
25 avg 2016 09:15
Yangiliklar
Dordji Sangadjiev: “Maydonga g'alaba uchun tushishga tayyormiz”
Jamoa azolari Qarshiga etib kelishgach, legionerning bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
– Uchrashuvga ko'tarninki kayfiyatda va odatdagidek tarzda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. G'uzordan uch ochko bilan qaytishga harakat qilib ko'ramiz. Ayni paytda biz uchun g'alaba juda muhim. Uzoq yo'l o'z so'zini aytdi. SHu sababli, murabbiylarimiz bizga dam olish imkoniyatini berishdi. Bir so'z bilan aytganda maydonga g'alaba qozonish uchun tushishga tayyormiz. Oldimizga bu uchrashuvda g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan, Ushbu raqibdan ochko olish mumkin. Faqatgina oldingi muvaffaqiyatsizliklarni unutgan holda fikrni jamlay olish muhim. Oldimizga qo'yilgan vazifani uddalay olamiz deb o'ylayman", - deydi Sangadjiev.
"Navbahor" matbuot xizmati
Fikrlar