“Do'ppi-2014”. Yilning eng yaxshi murabbiyi – Samvel Babayan, eng yaxshi futbolchi – Odil Ahmedov
30 dek 2014 12:46
Yangiliklar


“Do'ppi-2014”. Yilning eng yaxshi murabbiyi – Samvel Babayan, eng yaxshi futbolchi – Odil Ahmedov
Nima uchun sovringa “Do'ppi” deb nom berdik? Do'ppi avvalo O'zbekistonning milliy bosh kiyimi, qolaversa, aksariyat viloyatlarda to'pni Do'ppi deb atashadi. SHu ikki jihatni inobatga olgan holda, sovringa milliy ko'rinishda nom berdik.”Do'ppi” sovrinini bevosita o'zbek futboliga daxldor bo'lgan futbolchi va murabbiylar qo'lga kiritishi mumkin. Ovoz berish jarayonida faqat va faqat mutaxassislar ishtirok etadilar. Boisi, aynan ulargina futbolga eng real bahoni bera olishlari mumkin. Oliy va birinchi liga jamoalarining bosh murabbiylari hamda sardorlari o'rtasida o'tkazilinadigan ovoz berish jarayonidan so'ng, eng ko'p birinchi o'rin uchun ovoz yiqqan murabbiy va futbolchi yakunda g'olib deb topiladi.
Murabbiy va futbolchilar ixtiyoriga mutaxassislar tomonidan tanlab olingan besh nafar futbolchi va murabbiyning nomzodi taqdim etiladi. Unga ko'ra joriy mavsum quyidagi mutaxassis va futbolchilar saralab olindi:
Murabbiylar:
1. Vadim Abramov – Lokomotiv
2. Sergey Lushan – Bunyodkor
3. Samvel Babayan – Paxtakor
4. Ravshan Haydarov – O'zbekiston yoshlar terma jamoasi
5. Ro'ziqul Berdiev – Nasaf
Futbolchilar:
1. Odil Ahmedov – Krasnodar (Rossiya)
2. Vitaliy Denisov – Lokomotiv (Rossiya)
3. Jamshid Iskanderov – Paxtakor
4. Sardor Rashidov – Bunyodkor
5. Artur Gevorkyan – Nasaf
Nomzodlarni tanlashda, ularning joriy mavsumda erishgan yutuqlari va mehnatlari inobatga olindi.
Samvel Babayan hech kim kutmagan joyda jamoasini chempionlik sari etaklay oldi. Vadim Abramov chempionatda ikkinchi o'rinni olish bilar birga, ilk marta Lokomotivning O'zbekiston Kubogida zafar quchishida katta rol o'ynadi. Hech kim joriy mavsum Nasafni medallardan birini qo'lga kiritishini kutmagan bir vaziyatda, Nasaf ikki o'yin natijasiga ko'ra Bunyodkorni ortda qoldirib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Sergey Lushan esa jamoasini qo'rqmay yoshartirib yubordi va Kubok finaliga qadar etib bordi. Ravshan Haydarov bo'lsa yoshlarimizni Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga olib chiqdi.
Murabbiylardan farqli ravishda futbolchilarni saralash qiyinroq kechdi. SHunday bo'lsa-da, 2014 yilni avvalgi mavsumlardan ko'ra bir kalla ustun o'tkazgan Odil Ahmedov birinchilardan bo'lib nomzodlar ichidan joy oldi. Undan keyin Vitaliy Denisov. Vitya Lokomotivda avvalgi mavsumdagi o'yini shunchaki tasodif emasligini isbotlay oldi. SHubhasiz, ular qatoridan Jamshid Iskanderov va Sardor Rashidov joy olmasalar adolatsizlik bo'lardi. Bu ikki futbolchi 2014 yilgi oliy liga bahslarini bezab turdilar. So'nggi nomzod Nasaf va O'zbekistonning eng yaxshi legioneri Artur Gevorkyan. CHempionat to'purari bo'lgan yarim himoyachiga bu to'rt futbolchini ortda qoldirishi qiyin bo'lsa-da, nomzodlar qatoridan o'rin olishining o'ziyoq bitta yutuq deb aytsak bo'ladi.
Ovoz berish jarayoni ancha qiziqarli kechdi. Oliy liga jamoalarining aksariyat bosh murabbiylari Samvel Babayan va Ro'ziqul Berdievga ovoz berdilar. Futbolchilar ichida esa Odil Ahmedov hamda Jamshid Iskanderov o'rtasida kurash kechdi. Yakunda Paxtakor menedjeri 30ta ovoz bilan ilk marotaba o'tkazgan tanlovimizda birinchilikni qo'lga kiritdi. Undan keyingi o'rin Ro'ziqul Berdievga nasib etdi. Paxtakor va Bunyodkor jamoalariga qarshi o'yinlarda chempionlik unvonini berib qo'ygan Vadim Abramov, garchand O'zbekiston Kubogida zafar quchgan bo'lsada, mutaxassislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaning to'rtinchi pog'onasidan joy oldi.
Murabbiylardan farqli ravishda futbolchilar o'rtasidagi farq katta bo'lmadi. Odil Ahmedov o'zining sevimli raqamiga mos tarzda, 25 ochko ishladi. Undan keyingi o'rinni Jamshid Iskanderov qo'lga kiritdi. U bor yo'g'i 6 ochkoga Krasnodar futbolchisidan ortda qoldi. Rashidov esa kuchli uchlikni yakunlab berdi. Gevorkyan va Denisov hisobida, bir xil – 5 ochko mavjud.
Etiboringizga mutaxassislar o'rtasida kechgan so'rovnoma yakunlarini taqdim etamiz:
YILNING ENG YAXSHI MURABBIYI |
|||
# |
Murabbiy |
Klub |
Ovoz |
1 |
Samvel Babayan |
Paxtakor |
30 |
2 |
Ro'ziqul Berdiev |
Nasaf |
13 |
3 |
Sergey Lushan |
Bunyodkor |
8 |
4 |
Vadim Abramov |
Lokomotiv |
6 |
5 |
Ravshan Haydarov |
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi |
3 |
YILNING ENG YAXSHI FUTBOLCHISI |
|||
1 |
Odil Ahmedov |
Krasnodar (Rossiya) |
25 |
2 |
Jamshid Iskanderov |
Paxtakor |
19 |
3 |
Sardor Rashidov |
Bunyodkor |
6 |
4 |
Vitaliy Denisov |
Lokomotiv (Rossiya) |
5 |
5 |
Artur Gevorkyan |
Nasaf |
5 |
KIM, KIMGA OVOZ BERDI? |
|||
FIO |
Klub |
Murabbiy |
Futbolchi |
Samvel Babayan |
Paxtakor |
Ravshan Haydarov |
Odil Ahmedov |
Kaxi Maxaradze |
Paxtakor |
Ravshan Haydarov |
Odil Ahmedov |
Vadim Abramov |
Lokomotiv |
Ro'ziqul Berdiev |
Odil Ahmedov |
Islom To'xtaxo'jaev |
Lokomotiv |
Vadim Abramov |
Vitaliy Denisov |
Ro'ziqul Berdiev |
Nasaf |
Samvel Babayan |
Artur Gevorkyan |
Artur Gevorkyan |
Nasaf |
Ro'ziqul Berdiev |
Odil Ahmedov |
Sergey Lushan |
Bunyodkor |
Ravshan Haydarov |
Sardor Rashidov |
Xayrulla Karimov |
Bunyodkor |
Sergey Lushan |
Odil Ahmedov |
Aleksandr Xomyakov |
Mashal |
Ro'ziqul Berdiev |
Artur Gevorkyan |
Dilyaver Vaniev |
Mashal |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Igor SHkvirin |
Olmaliq |
Samvel Babayan |
Vitaliy Denisov |
Doston Abdurahmonov |
Olmaliq |
Sergey Lushan |
Vitaliy Denisov |
Baxtiyor Ashurmatov |
Navbahor |
Ro'ziqul Berdiev |
Odil Ahmedov |
Dilshod Jabborov |
Navbahor |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Murod Ismoilov |
Neftchi |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Akmal Xolmatov |
Neftchi |
Ro'ziqul Berdiev |
Odil Ahmedov |
Rustam Mirsodiqov |
Metallurg |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Hikmat Hoshimov |
Metallurg |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Tachmurod Agamurodov |
Dinamo |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Asror Aliqulov |
Dinamo |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Yuriy Lukin |
Qizilqum |
Samvel Babayan |
Artur Gevorkyan |
Artyom Makosin |
Qizilqum |
Samvel Babayan |
Artur Gevorkyan |
Gennadiy Kochnev |
Buxoro |
Samvel Babayan |
Vitaliy Denisov |
Suxrob Berdiev |
Buxoro |
Ro'ziqul Berdiev |
Jamshid Iskanderov |
Davron Fayziev |
So'g'diyona |
Samvel Babayan |
Sardor Rashidov |
Aleksey Melenchuk |
So'g'diyona |
Samvel Babayan |
Artur Gevorkyan |
Edgar Gess |
Andijon |
Sergey Lushan |
Sardor Rashidov |
Rasul Rahmonov |
Andijon |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
BIRINCHI LIGA VAKILLARI |
|||
Muxtor Qurbonov |
SHo'rtan |
Ro'ziqul Berdiev |
Odil Ahmedov |
SHavkat Nasibullaev |
SHo'rtan |
Vadim Abramov |
Odil Ahmedov |
Rustam Abdullaev |
Qo'qon-1912 |
Vadim Abramov |
Jamshid Iskanderov |
Aziz To'xtaboev |
Qo'qon-1912 |
Vadim Abramov |
Odil Ahmedov |
Farhod Safarov |
Obod |
Ro'ziqul Berdiev |
Jamshid Iskanderov |
Doniyor Hasanov |
Obod |
Sergey Lushan |
Vitaliy Denisov |
Furqat Esonboev |
Oq-Tepa |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Temur Turdiev |
Oq-Tepa |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Nozim Mullaoxunov |
UzDongJu |
Ro'ziqul Berdiev |
Odil Ahmedov |
Aziz Qayumov |
UzDongJu |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Arslon Tolipov |
NBU-Osiyo |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Abdumajid Toirov |
NBU-Osiyo |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Dilshod Andaev |
Mashal-2 |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Sardor Abduraimov |
Mashal-2 |
Sergey Lushan |
Sardor Rashidov |
Nematulla Qutiboev |
Orol |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Murod Abdumurotov |
Orol |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Spartak Murtazoev |
Zomin |
Vadim Abramov |
Odil Ahmedov |
Umid Abdullaev |
Zomin |
Sergey Lushan |
Jamshid Iskanderov |
Kamol Jo'nashev |
Istiqlol |
Sergey Lushan |
Odil Ahmedov |
Mamur Sultonov |
Istiqlol |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Vali Sultonov |
Xorazm |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Ilyos Xayrov |
Xorazm |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Nasim SHoimov |
Alanga |
Ro'ziqul Berdiev |
Jamshid Iskanderov |
Zuhriddin Kamolov |
Alanga |
Ro'ziqul Berdiev |
Odil Ahmedov |
SHavkat Ahmedov |
Xotira-79 |
Samvel Babayan |
Jamshid Iskanderov |
Temur Sultonov |
Xotira-79 |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Furqat O'rolov |
G'allakor |
Vadim Abramov |
Jamshid Iskanderov |
Zafar Narziqulov |
G'allakor |
Ro'ziqul Berdiev |
Sardor Rashidov |
Sayfulla SHaripov |
SHerdor |
Ro'ziqul Berdiev |
Jamshid Iskanderov |
Ozod Tursunov |
SHerdor |
Sergey Lushan |
Sardor Rashidov |
Ilhom Mo'minjonov |
Paxtakor-2 |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Javohir Soxibov |
Paxtakor-2 |
Samvel Babayan |
Odil Ahmedov |
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar