Donni van de Bek: “ Xotirjamlikni saqlab qolish kerak”
01 may 2019 08:42
Yangiliklar


Donni van de Bek: “ Xotirjamlikni saqlab qolish kerak”
“Ayaks”ga “Tottenxem” ustidan g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgan Donni van de Bek o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Dastlabki 30 daqiqani ajoyib o'tkazdik. SHundan so'ng “Tottenxem” taktikani o'zgartirdi, bizda esa muammolar paydo bo'ldi. 1:0 hisobi yaxshi, kelasi hafta biz boshlagan ishimizni oxiriga etkazib qo'yishimiz kerak. Boshida hammasi yaxshi ketdi, ammo keyin biz ko'rsatishga qodir bo'lgan o'yinimizni namoyish eta olmadik. Kelasi haftadagi o'yin uchun reja tuzishimiz kerak. Xotirjamlikni saqlab qolish kerak. Ular navbatdagi o'yinda nima namoyish etadi, bilmayman. Biz yaxshiroq bo'lishimiz mumkin”,—deydi Donni.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar