Donnarumma "Milan"da qolishni istayotganini aytdi
30 noy 2020 13:28
Yangiliklar


Donnarumma "Milan"da qolishni istayotganini aytdi
"Milan" posboni Janluijji Donnarumma klub bilan shartnomasining uzaytirilishi mumkinligi haqida gapirdi.
Oldinroq tomonlar shartnomani uzaytirgani borasidagi malumotlarga klubdagilar raddiya bergandi.
"Agentim klub bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Klubda uzoq vaqt qolishni istayman. Ko'ramiz, klubdagilar qanday qarorga kelarkin", - dedi futbolchi.
Donnarumma "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Golkiper ushbu mavsumda 14 o'yinda qatnashdi va 5 bora o'z darvozasini quruq holda saqlab qoldi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar