Donnarumma 14-soniyada o'tkazilgan gol haqida: "Hali qo'lqopimni kiyishga ulgurmagandim"
07 sen 11:46
Yangiliklar
Donnarumma 14-soniyada o'tkazilgan gol haqida: "Hali qo'lqopimni kiyishga ulgurmagandim"
Janluiji Donnarumma Franciyaga qarshi Millatlar ligasi 1-tur uchrashuvining 14-soniyasida o'tkazib yuborgan goli haqida gapirdi.
"Jamoa sardori sifatida o'yindan oldingi tadbirlarda ishtirok etib, joyimga qaytdim. Tayyor emasdim va hali qo'lqopimni kiyishga ulgurmagandim.
To'p bizda edi va undan to'g'ri foydalanmadik, bahs boshlashdan avval kichik tanaffus qilish kerak deb o'ylayman" - dedi Donnarumma.
Eslatib o'tamiz, Franciya hamda Italiya o'rtasidagi bahs 1:3 hisobida italiyaliklar g'alabasi bilan yakun topdi.
Fikrlar