Donnaruma PSJda zaxira o'rindig'ini qo'riqlaydi
04 iyu 2021 22:26
Yangiliklar
Donnaruma PSJda zaxira o'rindig'ini qo'riqlaydi
Italiyalik darvozabon asosiy tarkibdan joy olish uchun Navas bilan kurashishi kerak.
Janluiji Donnarumma erkin agent sifatida PSJ safiga kelib qo'shilgandi.
SHundan so'ng, jamoa muxlislari orasida asosiy darvozabon kim bo'ladi, degan savol tug'ila boshladi. Sababi, klubning asosiy posboni Keylor Navas o'tgan mavsumda ishonchli o'yinlar o'tkazgandi.
Xabarlarga ko'ra, Parij klubi murabbiylar shtabi boshlang'ich tarkibda muntazam maydonga tushadigan golkiper sifatida Navasni etirof etmoqda. Janluiji esa unga o'rinbosar sifatida zaxira o'rindig'ida o'z navbatini kutadi.
Eslatib o'tamiz, Donnaruma yakunlangan mavsumda "Milan" safida 48 uchrashuvda maydonga tushib, 15 o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.
Fikrlar