So’nggi yangiliklar

01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  100 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0

Doniyor Usmonov: Qo'qonlik muxlislar o'zbek futbolining fidoilaridir" Yangiliklar

Doniyor Usmonov: Qo'qonlik muxlislar o'zbek futbolining fidoilaridir"

"Qo'qon-1912" PFKning "kokand1912.uz" sayti tomonidan qo'qon futbol muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra - "2014 yilning eng yaxshi futbolchisi" deb - Doniyor Usmonov tan olindi.

So'rovnomada 180ta futbol ishqivozi ovoz bergan va nomalari zikr etilgan qo'qonlik 12 futbolchi ichida Doniyor Usmonov - 38% bilan birinchi, Otabek Haydarov - 13% bilan ikkinchi va Aziz Ashurov - 10% bilan uchinchi o'rinni egalagan. SHu munosabat bilan iqtidorli  hujumchi - Doniyor Usmonov bilan uchrashib suhbatlashdik.

-  Doniyor, sizni "kokand1912.uz" sayti tomonidan Qo'qon futbol  muxlislari o'rtasida o'tkazilan so'rovnomaga ko'ra  "2014 yilning eng yaxshi futbolchisi" deb tan olinganligiz bilan tabriklayman.

Doniyor Usmonov:  - Rahmat. Men uchun bu etirof futbolchilik faoliyatimdagi eng birinchisi va eng sharaflisi.  Futbol eng avvalom bor muhlislar uchun o'ynalinadi va shuning uchun muxlislarning futbolchilarga bergan bahosi  - bu eng holis va xaqiqiysi, deb bilaman.

-  Muxlislar xaqida gap ketganda ko'pchilik Qo'qon futbol ishqivozlarini futbolimizda aloxida o'rni borligini takidlashadi. Siz qisqa vaqt ichida qo'qonlik muhlislarning qalbidan o'rin  oldingiz. Qolaversa  Birinchi liga 2 - davraning eng yaxshi to'purari ham bo'ldingiz. Maydonda xarakat qilganingizda "Doniyor!!! Doniyor!!!" xayqiriqlariga xam ko'nikib qolgandirsiz?

 Doniyor Usmonov: - Xaqiqatdan ham men qo'qonlik muxlislar singari faol, futbolni yaxshi tushunadigan, jamoa uchun jonini ham beradigan ishqivozlarni ko'rmadim. Birgina misol, chempionatda o'z maydonimizda so'ngi uchrashuvda "Mashal"ga birinchi marta yutkazib qo'ydik. SHunga qaramay, taqdirdir taqozasi bilan mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham, oliy ligaga beriladigan ikkinchi yo'llanmani qo'lga kiritdik. Mana shunda qo'qonlik muxlislarimiz futbol vaziyatini  professionallarcha tushungani uchun, anshlag bo'lgan stadionni tark etishmadi. Mag'lubiyatdan ruhan cho'qqan jamoamizni, o'zlarining olqishlari bilan qo'llab-quvvatlashdi va stadionni bayramga aylantirishdi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Men masuliyat bilan ayta olamanki -Qo'qonlik muxlislar o'zbek futbolining fidoilari!

- Ko'psonli qo'qonlik futbol ishqivozlari siz xaqingizda ko'proq malumot olishni hohlashadi. Mumkin bo'lsa, futbolga qandoq qilib qelgansiz, birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan, keyinchalik qaerlarda faoliyat ko'rsatgansiz, gapirib  bersangiz.

 Doniyor Usmonov: - Futbolga kelishimga  xechkim sababchi bo'lmagan. Oilamizda futbolchi bo'lmagan. Men Toshkent viloyati Zangota tumanida 6 iyul 1994 yili tavallud topganman. 10 yoshgacha mahalada o'rtoqlarim bilan to'p tepib yurardim. Keyin o'rtoqlarim bilan birgalikda tuman sport maktabida futbol sekciyasiga borib yozildim. U erda biroz shug'ulanganimdan keyin, mashg'ulotlarning qiyinligini ko'rib,  bormay qo'ydim. Birinchi murabbiyim Rustam Isroilov meni chaqirib, "mashg'ulotlarsiz yaxshi, to'g'ri futbol o'ynab bo'lmaydi, ozgina sabr qilsang o'rganib ketasan, xatto bu mashg'ulotlar o'zinga ham yoqadi" dedi. Xaqiqatdan ham tez orada  mashg'ulotlar menga  yoqa boshladi. Men yosh bo'lishimga qaramay, ko'plab murabbiylar bilan ishlashga to'g'ri keldi, lekin Rustam akadan meni futbolga qaytargani uchun minnatdorman. Endi,  futbol - meni hayottmga aylangan. Sport maktabidan, Rustam Isroilovning tavsiyasi bilan CHirchik olimpiya zahiralar kollejining futbol bo'limiga o'qishga kirdim. U erni tugatishim bilan 2011 - yili "Lokomotiv" Toshkent  murabbiyi Rustam Aripov meni shu jamoaga taklif qildi. Mana hozirgacha "Lokomotiv" bilan tuzilgan shartnomamga ko'ra shu erda o'z faoliyatimni davom etib kelmoqdaman.

Tasodifni qarang, futbolchilik faoliyatingiz davomida murabbiylaringiz Rustam ismi bilan bog'liq ekan. Ananaga binoan,futbol faoliyatingizda  muhim o'rin olan  yana bir murabbiyning ismi Rustam. Sizni "Qo'qon-1912"  jamoasiga kelib qo'shilishingiz jarayonlari xaqida suhbatimizni davom etsak. Umuman murabbiy Rustam Abdullaev bilan xamkorlik  xaqida gaprib bersangiz.

 Doniyor Usmonov: - Xaqiqatdan ham mening futbolchilik faoliyatim davomida asosan Rustam akalar  murabbiylik qilib kelishmoqda. Rustam Abdullaev bilan "Lokomotiv"dan tanishmiz. Mening katta futbolga kelishimda ham uning katta xissasi bor. Rustam aka "Qo'qon-1912" jamoasiga  tayinlanganidan keyin, oradan bir-ikki tur o'tib men bilan telefon orqali bog'lanib, "Qo'qon-1912" PFKda o'ynashni hohlaysanmi?" -  deb so'radilar. Men ham ko'p o'ylab o'tirmay o'zimni Birinchi ligada sinab qo'rmoqchi bo'ldim. Jamoa oldiga vazifa qilib,  Oliy ligaga chiqishni belgilagani meni o'ziga jalb qildi. SHu tariqa chempionatning  ikkinchi davrasidan "Qo'qon-1912"da o'ynay boshladim. Meni jamoaga kirishib ketishimda klub rahbariyati,  barcha futbolchilar va ayniqsa bosh murabbiy - Rustam  Abdullaev katta rol o'ynadi. Bir ikki uchrashuvdan keyin, golllar ura boshladim va muhlislarning qo'llab-quvvatlashlari meni  maydonda ilhomlanib yaxshi o'ynashimga sabab bo'ldi.

- Barcha muxlislaringizni qiziqtirayotan  savol. "Qo'qon-1912" jamoasiga qaytasizmi?

 Doniyor Usmonov: -  Malumki, mening "Lokomotiv" jamoasi bilan tuzgan shartnomam bor va hozir men shu jamoaga tegishliman. Hozircha shu erda mashg'ulotlarni olib bormoqdaman. Agar "Lokomotiv"ning asosiy tarkibiga tushmasam, unda  jamoa rahbarlarining kelishuviga binoan "Qo'qon-1912" klubidan ijarada o'ynashga roziman. Albatda boshqa jamoalardan ham takliflar bor, lekin aytganimday, agar "Lokomotiv"da o'ynamasam, unda "Qo'qon-1912" klubiga o'taman. Qo'qon jamoasi va muhlislari men uchun qisqa vaqt ichsida qadirdon bo'lib qoldi. Mening maqsadim o'zimning hujumkor futbolim bilan, milliy terma jamoa murabbiylarning etiborini qozonish. "Qo'qon-1912" jamoasida esa menga gol urish uchun jamoadoshlari yaxshi imkoniyatlar yaratib berishmoqda. SHuning uchun ham... 6 yanvar 2015 yili "Lokomotiv" Toshkent bilan Dubayga, chempionatga tayyorlanish  yig'iniga uchib ketaman. O'ylaymanki, shu yig'indan keyin qaerda o'ynashim xaqida aniq bo'ladi. 

- Suhbatingiz uchun rahmat. Qo'qonlik futbol ishqibozlari, yangi yilda sizni yana jamoamizga qaytib kelishingizni  intizorlik bilan kutib qolishadi. 

 Doniyor Usmonov: -  Barcha qo'qonlik muxlislarga rahmat deyman. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Fursatdan foydalanib "Qo'qon-1912" PFK rahbariyati, futbolchi va murabbiylarni hamda jonkuayar muxlislarni yangi yil bayrami bilan tabriklayman va jamoani oliy ligada munosib ishtirok etishini tilab qolaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика