Doniyor Abdumannopovga Superliganing uchta klubi qiziqmoqda
23 dek 2020 16:46
Yangiliklar


Doniyor Abdumannopovga Superliganing uchta klubi qiziqmoqda
"Andijon" klubi yarim himoyachisi Doniyor Abdumannopov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Championat.asia malumotiga ko'ra, 2000 yil tug'ilgan yarim himoyachiga "Nasaf", AGMK va "Qo'qon-1912" klublari jiddiy qiziqishmoqda. Hozircha futbolchi yakuniy qarorni qabul qilmagan.
Malumot uchun, Abdumannopov 2020 yil Superligada debyut qildi va mavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi. U 16ta o'yinda maydonga tushdi hamda 2ta gol urib 3ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi maydonda 1320 daqiqa davomida harakat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar