So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Dohadagi mehmonxonada yuz bergan baxtsiz hodisa yuzasidan "Lokomotiv" PFK matbuot xizmati bayonoti Yangiliklar

Dohadagi mehmonxonada yuz bergan baxtsiz hodisa yuzasidan "Lokomotiv" PFK matbuot xizmati bayonoti

10 martdan 11 martga o'tar kechasi "Lokomotiv" istiqomat qilayotgan Qatar poytaxti Doha shahridagi "Wyndham Grand Regency" mehmonxonasida yong'in yuz berdi.

Yong'in mehmonxona birinchi qavatidagi qahvaxonada chiqqan. Kechasi taxminan soat 00dan (12dan) 15-20 daqiqa chamasi vaqt o'tganda butun mehmonxona bo'ylab "trevoga" boshlandi. Mehmonxona xizmatchilari "Fire" (Yong'in!) deb baqirib har bir xona eshiklarini taqillata boshlashdi. Malumki, Dohadagi vaqt Toshkentdagi vaqt bilan ikki soat farq qiladi. Yani, bu paytda Toshkentda soat tungi ikkidan o'tgan bo'lgan. 

"Lokomotiv" kecha, yani 10 mart kuni tushga yaqin Toshkentdan Dohaga uchib kelgani hamda kechki payt o'yinoldi rasmiy mashg'ulot o'tkazgani sabab jamoa azolari charchashgandi. SHu bois kechki ovqat tanovul qilib bo'lingach, hamma o'z xonasiga yo'l oldi. Keyin esa yuqorida aytib o'tganimizdek, qiy-chuv boshlandi. Qahvaxonada yong'in chiqishi oqibatida mehmonxonada istiqomat qilayotganlar imkon qadar tezkorlik bilan evakuaciya qilindi. 

Biz ko'chaga chiqqanimizda allaqachon o't o'chirish hamda policiya mashinalari etib kelgan, maxsus ishchilar yong'inni o'chirish bilan ovora edilar. Mehmonxonadan evakuaciya qilingan odamlar uzoq vaqt ko'chada turib qolishdi. "Lokomotiv" PFK azolari talvasaga tushmasdan o'zlarini professional tutishdi. To'g'ri, deyarli hammaning narsasi ichkarida qolgandi, lekin bundan hech kim jazavaga tushmadi. Barcha bir jamoa bo'lib kerak bo'lsa, shu mehmonxonada yashayotgan boshqa odamlarga yordam berishga hozir turdi. 

"Lokomotiv" bugun OCHL 2-tur doirasida "Al Rayan" klubiga qarshi maydonga tushadi. O'ylaymizki, ro'y bergan noxush hodisa futbolchilarimiz kayfiyatiga salbiy tasir ko'rsatmaydi va jamoa bugungi o'yinda bor kuchi bilan harakat qiladi. Kecha tunda yuz bergan yong'in sababli butun jamoa ikki soatdan ko'proq vaqt mobaynida ko'chada turdi. SHundan so'ng jamoa azolari uncha uzoq bo'lmagan "The Avenue – A Murwab Hotel" mehmonxonasiga joylashishdi. 

Xalqimimizda o't balosi, suv balosidan asrasin degan gap bejizga aytilmagan. Bu - hayot, unda har narsa sodir bo'lishi mumkin, lekin eng muhimi har qanday vaziyatda xotirjamlikni saqlab qola bilishdir. "Lokomotiv" kecha tunda yuz bergan voqea sabab tunning yarmini ko'chada o'tkazishga majbur bo'ldi. Doim qatiy rejimga amal qiluvchi futbolchilar kun tartibida uzilish ro'y berdi, shunga qaramay hech kim o'zida mujassam professionallikni yo'qotib qo'ymadi. Nima ham derdik, bu ham jamoaning boshida bor ekan, eng muhimi esa hammamiz sog'-omon qolganimizga shukur qilaylik. 

Xayrulla Xoliqov, "Lokomotiv" futbol klubi matbuot kotibi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика