Dmitriy CHerishev: "Agar Suares o'g'limni tishlab olsa, o'sha erga dori surib qo'yamiz"
04 fev 2015 17:47
Yangiliklar


Dmitriy CHerishev: "Agar Suares o'g'limni tishlab olsa, o'sha erga dori surib qo'yamiz"
Qozog'istonning "Irtish" klubi bosh murabbiyi, "Vilyarreal" va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Denis CHerishevning otasi Dmitriy CHerishev o'z o'g'lining "Barselona"ga qarshi kechgan bahsdagi harakatlariga izoh berdi.
"O'g'limni Suares tishlab olishidan qo'rqmaymanmi? Hech qisi yo'q - o'sha erga dori surib qo'yamiz. Suares Angliyada va Braziliyadagi mundialda raqiblarni tishlab bo'ldi, endi bu qilig'ini qaytarmasa kerak.
Denis "Barselona" bilan bahsda Rafinyaning burnini sindirdi? Bu shunchaki tasodif edi. O'g'lim ikkinchi qavatda barcha kabi qo'lini ko'tarib yubordi. Futbol - erkaklar o'yini. Sani xatoingni nafaqat raqib, balki zaxiradagi jamoadoshlaring ham kutib o'tiradi. Denis tarkibda o'z joyini boshqasiga bo'shatib bermaydi" - deydi katta CHerishev.

Fikrlar