So’nggi yangiliklar

12:41ПФЛ "Насаф"нинг футболчини ижарага бериш масаласидаги таклифини қабул қилмади  0 12:15Англия Кубоги 4-босқичига қуръа ташланди: "Сити"га осон рақиб тушди, МЮ Ван Нистелрой қўл остидаги "Лестер"га қарши ўйнайди  0 11:58Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"да  2 11:39Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси "Ордабаси" билан хайрлашди  2 11:23Ўзбекистонлик ҳакам бугун 2 учрашувда иш олиб боради  0 11:10Футзал. Бугун Ўзбекистон Осиё чемпионати саралашидаги иштирокини бошлайди  1 11:03Расман. Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси янги мавсумни «Бунёдкор»да бошлайди  2 10:57«Манчестер Сити» ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттиради  2 10:48АПЛдагилар космосдан тушмаган ёхуд уни "Манчестер Сити"да нима кутмоқда? Ҳусановнинг саргузаштлари ўзбекистонлик мураббийлар нигоҳида  3 10:31«Краснодар» тарбияланувчиси «Сурхон» кўригидан ўтмоқда  1 10:05Бир қатор тажрибали футболчилар «Хоразм» йиғинида иштирок этмоқда  2 09:47Ислом Исмоилов: "Рақиб ким бўлишининг фарқи йўқ. Барча рақибга қарши ўйнашимиз керак бўлади"  2 09:22«Насаф» сафида Ўзбекистон чемпиони бўлган футболчи «Қўқон-1912» йиғинига қўшилди  6 08:49Суперкубокни қўлга киритган Флик учрашув якунидан ўнг нималар деди?  25 08:15«Бунёдкор»нинг учта жамоасига янги бош мураббийлар тайинланди  9

Dmitriy An bilan bolalar futboli haqida suhbat Yangiliklar

Dmitriy An bilan bolalar futboli haqida suhbat

Bolalar futboli meni har doim o'ziga qiziqtirib kelgan mavzulardan biri.
Bolalar futbolini tomosha qilsangiz, maza qilasiz. Bu erda yashirin “o'yinlar”ni kuzatmaysiz, hamma bor kuchi bilan to'p surishga intiladi. Bizda mag'lubiyatga uchragandan keyin yig'laydigan ham bolalar. Ota-onasi issiqni issiq, sovuqni sovuq demay farzandi ishtirokidagi hech bir bahsni o'tkazib yubormaydigan ham bolalar futboli.

Anchadan beri bolalar futbolida ishlayotgan birorta murabbiy bilan suhbatlashishni dilimga tugib qo'ygandim. SHu bois o'tgan hafta “Paxtakor” futbol maktabining 2003 yilda tug'ilgan futbolchilarini shug'ullantirayotgan Dmitriy An bilan uchrashib, u kishidan intervyu berishini so'radim. Dmitriy An - marhum “paxtakorchi” Mixail Anning o'g'li - intervyuga rozilik berib, Toshkent shahar bolalar-o'smirlar o'rtasidagi chempionatning navbatdagi turidan so'ng yarim soatcha suhbatlashdik. Quyida mazkur intervyuni etiboringizga havol qilamiz.
 
-   Dmitriy Mixaylovich, Toshkent shahar bolalar-o'smirlar chempionatida ikkinchi davra start oldi. Dastlab shu haqda to'xtalib o'tsangiz?
-   Hozircha uchta uchrashuv o'tkazdik va shundan ikkitasida g'alaba qozonib, bir marta mag'lub bo'ldik. Hozircha oxirgi o'yinimizni ROZK tarbiyalanuvchilariga qarshi o'tkazdik. Aslini olganda har ikkala guruh ham mening jamoam. CHunki “Paxtakor-2003”ni ham, ROZKning 2003 yilda tug'ilgan futbolchilarini ham men shug'ullantiraman.
 
-   Unday bo'lsa, bu bahsda siz qaysi guruh tomonida bo'ldingiz?
-   Odatda murabbiyning birinchi guruhi ikkinchi guruhi bilan o'ynaganda ikkinchi guruh o'yinga ruhan kuchli tayyorgarlik ko'radi. Birinchi guruhni tayyorlash esa qiyin kechadi. CHunki ularda mahorat bobida o'zimizdan kuchsizlar bilan o'ynayapmiz va bemalol yuta olamiz degan tasavvur paydo bo'ladi. Lekin o'yin shuni ko'rsatdi, garchi “Paxtakor” g'alaba qozongan bo'lsa-da, ROZK futbolchilari ham bo'sh kelishmadi. Ikkinchi taymda ularning o'yini jozibaliroq ko'rindi.

-   Sizda har ikki guruhni shug'ullantirish uchun vaqt etyaptimi?
-   Vaqt etadi. ROZK safida o'zini ko'rsatgan futbolchilar keyinchalik “Paxtakor” tarkibiga o'tishadi va shu tariqa o'z mahoratlarini oshirib borishadi. Bu yoshdagi bolalar bilan haftada uch marta mashg'ulot o'tkazyapman. Bundan tashqari, yaqindan boshlab o'yinlarni tasvirga olishni yo'lga qo'yamiz va bolalarning har bir xatosini videoyozuvlar orqali ko'rsatib beramiz.

-   Bolakaylarning rus tilini tushunishi qanday?
-   Men to'rtinchi yil shu yoshdagi guruh bilan ishlayotgan bo'lsam, bolalarni dastlab qabul qilib olgan paytimda 80 foizi umuman ruschani bilmasdi. Keyin ularning ota-onasiga farzandingizni rus va ingliz tiliga bering, kelajakda albatta foydasi tegadi deb aytdim. Balki kelajakda shogirdlarimning bazilaridan futbolchi chiqmasligi mumkin, ammo til o'rganib borsa hayotda o'z yo'lini topib keta oladi. Hozir futbolchilarimning hammasi ruschani tushunadi va gapira oladi. SHogirdlarim maktabda ham yaxshi o'qishyapti, bu esa murabbiy sifatida meni xursand qilmasdan qo'ymaydi.

-   Siz bolalarning maktabdagi darslarini ham nazorat qilib borasizmi?
-   Albatta, busiz iloji yo'q. Men faqat o'yinga yoki mashg'ulotga etibor qaratsam-u, lekin o'qishiga etibor bermasam yaxshi ish qilmagan bo'laman. SHu bois ota-onalardan doim o'g'lining o'qishi qanday ketayotgani haqida so'rab turaman. CHunki xohlaysizmi-yo'qmi, yoshlikda to'p tepgan bilan hammayam kelajakda futbolchi bo'lavermaydi.

-   SHogirdlaringiz orasida siz boshqalarga nisbatan ko'proq etibor beradigan o'yinchilar bormi?
-   To'g'ri, mahorat bobida boshqalardan ustun futbolchilar bor va ularning o'yini birmuncha kuchli. Lekin bu men shunday o'yinchilarga ko'proq etibor qarataman degani emas. Men uchun hamma birdek, chunki bolalarning barchasi shogirdlarim. Qolaversa, akademiyamizda direktor o'rinbosari bo'lib ishlayotgan Valeriy Vasilevich Borodavkin doim bizni nazorat qilib turadi va hech bir murabbiyning biror futbolchiga nisbatan etibori boshqalarga qaraganda yuqori bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Murabbiy shogirdlariga nisbatan har doim adolatli bo'lishi shart, hatto eng yaxshi futbolchingiz xato qilgan taqdirda ham uni koyishni bilishingiz kerak.

-   “Bunyodkor-2003” bilan kechgan bahsda jamoangiz mag'lubiyatga uchradi. O'yinda nimadir yuz berdimi?
-   O'yin 0:0 paytida nima uchundir kiritgan golimizni hakam hisobga olmadi. Ikkinchi taymda ham gol urish uchun vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq to'p kiritishning uddasidan chiqmadik. Raqibning esa omadi keldi va ular gol urib g'alaba qozonishdi. Bu mag'lubiyat biz uchun og'ir zarba bo'ldi, negaki o'tgan ikki yil ichida umuman yutqazmagandik. Nafaqat “Bunyodkor”ga, balki boshqa jamoalarga ham. Masalan, o'tgan yil “Bunyodkor”ning shu guruhini uyda ham, safarda ham 3:0 hisobida engandik. Mag'lubiyat futbolchilarimga juda og'ir botdi, uchta o'yinchimiz alamdan yig'lab yubordi va ertasi kun mashg'ulotga kelmadi. Men - murabbiyman, o'zimni tezda bosib olishim kerak bo'ladi, lekin bolalarni jim qilish oson kechmadi.

-   Siz uchun natija muhimmi?
-   Bu borada aniq bir narsa deyish qiyin. To'g'ri, futbolda natija kerak, lekin bundan ham muhimi shogirdingiz bir kun kelib “Paxtakor” uchun o'ynasa, terma jamoaga chaqirilsa, murabbiy uchun bundan ortiq baxt yo'q. SHunday ekan, men ham qo'l ostimda to'p tepayotgan yoshlardan yaxshi futbolchilar etishib chiqishini xohlayman. Bolakaylarning feli shunaqa: ular har doim g'alaba qozonishni xohlashadi. Ammo men hech qachon shogirdlarimga maydonga tushib yutsanglar bo'ldi demaganman, aksincha futbolni to'g'ri o'ynashga o'rgatishni burchim deb bilaman.

-   Nima deb o'ylaysiz, bu yildan boshlab “Bunyodkor” va “Paxtakor” futbol maktablari o'rtasida haqiqiy raqobat yuzaga keldimi?
-   CHindan ham “Bunyodkor” futbol maktabi bu yil yaxshigina o'sishga erishdi. Endi har bir yosh o'rtasidagi o'zaro bahslar yanada qiziqarli tus olmoqda. Bu esa raqobatning oshishiga olib keladi. SHaxsan men o'zaro raqobat kuchayyotganidan mamnunman.

-   Nafaqat poytaxtda, balki boshqa joylarda ham bolalar o'rtasidagi turnirlar, musobaqalar asosan kunduzi, issiq havoda o'tkaziladi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
-   Bizning iqlim sharoitda bolalar tushgacha o'ynab olgani maqul. CHunki tushdan keyin havo yanada qiziydi va to'p tepishning iloji bo'lmay qoladi. O'yinlarni kechki payt o'tkazaman desangiz, stadionlarda yoritgich yo'q. Bu ham bir muammo.

-   Lekin hozir kunduzi soat 10 yoki 11da ham havo ancha issiq. Buning ustiga bolalar suniy maydonda futbol o'ynashyapti. Buning zarari yo'qmikin?
-   SHahar chempionatida turli yoshdagi guruhlar o'zaro o'yin o'tkazishadi va yoshi kichiklarning o'yini vaqtliroq boshlanadi. Natijada yoshi kattalar siz aytgan vaqtda to'p tepishga majbur bo'lishyapti. Albatta, bunday issiqda to'p tepish oson emas, ammo biz mavjud imkoniyatdan kelib chiqqan holda ish tutyapmiz. Hali aytganimdek, kechki payt o'yinlarni o'tkazish uchun sharoit yo'q. SHu bois bolalar o'rtasidagi musobaqalar to tushgacha o'tkazib olinadi.

-   Bolalar bilan ishlaydigan murabbiy sifatida nimalarni maqsad qilasiz?
-   Yaqindan boshlab “Paxtakor”ning asosiy tarkibida ishlayotgan murabbiylar shtabi akademiyadagi murabbiylar ishini diqqat bilan kuzatishar ekan. Buni eshitib juda xursand bo'ldim. CHunki men ham atrofimda kimdir ishimga baho berib turishini, bilmaganlarimni o'rgatishini xohlayman. Bundan tashqari, ushbu yoshdagi bolalar uchun turli turnirlarda qatnashish juda muhim. Viloyatlarda tashkil etiladigan bolalar o'rtasidagi musobaqalarga borib kelish biz uchun juda zarur. Imkoniyat bo'lsa chetga ham chiqib kelishimiz kerak. Bunda bolalarning dunyoqarashi o'zgaradi, saviyasi oshadi. Kelajakda yaxshi futbolchi bo'lish uchun yoshlikdan ota-onasiz qolishga ko'nikishi lozim. CHunki har doim ham uyingga yaqin joyda to'p tepish imkoniyatiga ega bo'lavermaysan.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика