Diyorjon Turopov terma jamoamizga omad tiladi

Mirjalol Normatov
11 okt 2018, 23:46
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Diyorjon Turopov oldindagi uchrashuvlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- "Paxtakor"ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik a'lo darajada ketmoqda. Murabbiylarning ko'rsatmalari asosida mashg'ulotlarni kuchaytiryapmiz. Jamoaning bir necha futbolchilari milliy termaning yig'iniga borib qo'shilgan. Albatta, yetakchi futbolchilarning o'rni har qanday jamoada bilinadi.

3 oy davomida jarohatim sababli "Lokomotiv"ning o'yinlarida qatnasha olmadim. Jamoada raqobat juda ham kuchli. Barcha futbolchining o'rnini yopa oladiganlar bor. "Buxoro"ga qarshi bahsda jismoniy holatim tomondan biroz qiynaldim. Ammo asta-sekinlik bilan oldingi jangovor holatimni tiklamoqdaman. Xudo xohlasa keyingi o'yinlarda jamoaga iloji boricha ko'proq yordam berishga harakat qilaman.

Shu fursatdan foydalanib, O'zbekiston milliy termasiga omad tilayman

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz