So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Diyorbek Mirzaboev: “Odatda bir kishi kam jamoaga qarshi o'yin ko'rsatish qiyin” Yangiliklar

Diyorbek Mirzaboev: “Odatda bir kishi kam jamoaga qarshi o'yin ko'rsatish qiyin”

Pro liga 21-turidan o'rin olgan “Yangier” – “Zomin” (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Diyorbek Mirzaboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Bugun Islom Baratov va Abdurahmon Abdulhaqov kabi asosiy tarkib futbolchilarining maydonda yo'qligi baribir sezildi. CHunki zaxiramizda kamchilik yuzaga keldi. Natijada, biz U-19 jamoamiz futbolchilaridan foydalandik. Ikkisi ham etakchi, ular bo'lganda yaxshi bo'lardi. Baratov kelgusi o'yindan safga qaytadi, Abdulhaqov bo'yicha tartib-intizom qo'mitasi qarorini kutamiz.

- “Zomin” bir kishi kam bo'lib qoldi. Nega jamoa bundan unumli foydalanib, ko'p gol ura olmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Odatda bir kishiga qarshi o'yin ko'rsatish qiyin. CHunki futbolchilar raqib bizdan maydonda kamchilik deb, xotirjamlikka beriladi. Tanaffusda ham futbolchilarga tushuntirdim, hozir raqib gol ursa, himoyaga yotib olishini, keyinchalik yanada qiyin holatga tushib qolishimizni takidladim. Ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq bundan foydalana olmadik. 

- Jamoaning asosiy maqsadi qanday?

- Hozir chempionatda 6 yoki 7 o'rinni qo'lga kiritganimiz bizga hech nima bermaydi. Holatimizdan kelib chiqib aytsam, biz Pro ligadan tushib ketmaymiz. Buyog'iga U-19 jamoasidagi yigitlarni asosiy jamoaga jalb qilib, ularga o'yin amaliyotini bermoqchimiz. “Zomin” bilan bahsda ham 4 nafar yoshlar jamoamiz futbolchilari maydonga tushdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика