So’nggi yangiliklar

13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  0 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  2 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  35 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  26 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6

Diyor Mirzaboev: "Katta tajriba oshirdim" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Katta tajriba oshirdim"

Pro liganing navbatdagi mavsumi yakunlanib bormoqda.

"Yangier" mavsumni 7-o'rinda tugatishi malum bo'ldi. Xo'sh, bosh murabbiy Diyor Mirzaboev jamoa boshqaruvidagi faoliyati qanday kechdi. Buni u bilan suhbatda bilib olamiz. 

"Yangier" jamoasini qabul qilib olishimdan oldin vaziyat qanday xolatda ekanligi xammaga malum.

SHunday bo'lsa-da, yaxshi niyatda hech ikkilanmay jamoani qabul qilib oldim. Ketma-ket g'alabalar, ochkolar qo'lga kiritildi, xujumkor futbol namoyish etishga harakat qildik.

Afsuski, har doim ham murabbiy o'zi xohlagan natijaga erisha olmaydi. G'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi.

Men xech qachon ishimdan to'liq 100% qoniqmaganman, o'z ishidan qoniqgan murabbiy o'sishdan to'xtab qoladi. To'g'ri, hamma narsa o'zi qo'limizda edi. Yuqori beshlikka kirish uchun "Xorazm" va "Turon" jamoasiga yutqazmasligimiz kerak edi. Afsuski, kerakli o'yinlarda ochko qo'lga kiritilmadi. Yaxshi o'yin ko'rsatishni o'zi kifoya qilmaydi, omadimiz ham kelmadi.

Men kelishimga qadar klubda ishlagan murabbiylarni xafa qilmoqchi emasman. Obektiv yaxshi ishlar olib borildi, jamoa o'yini qanchalik o'zgartirganimizni jamoa rahbari va futbol mutaxassislari baholagani maqulroq.

"Yangier" jamoasida mustaqil ishlashim birinchisi emas. Ilgari 2017 yilda xam o'sha mahal 1-liga jamoasi "Mashal-2" jamoasida ham bosh murabbiy sifatida ishlaganman. 

CHempionatda 18 jamoani ichida 7-o'rinni qo'lga kiritgan. SHu tarkibdan hozirga kelib Husniddin Aliqulov ("Nasaf"). SHahzod Ubaydullaev ("Neftchi") va Bobur Farhodov ("Metallurg") turli jamoalarda faoliyat olib bormoqda.

2021 yilda  Ilhom Qurbonov "Mashal" U-21 jamoasiga bosh murabbiy sifatida taklif qildi. 2-davrada esa asosiy jamoaga Aleksandr Xomyakovga yordamchi murabbiy sifatida yordam berdim. Ildar Sakaev, Aleksand Xomyakov, Viktor Kumikov yuqori saviyadagi murabbiylardan bilim olganman. Yordamchi murabbiy sifati yuqorida nomi keltirilgan murabbiylar bilan ishlaganman.

Har bir mashg'ulot, har bir o'yin, xar bir nihoyasiga etgan yil men uchun tajriba. Yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni kelasida qaytarmaslikka harakat qilaman.

Murabbiyga barcha sharoitlar yaratilib berilsa, klub tizimida haqiqiy o'z ishini mutaxasislari jalb qilinsa va yuqori saviyali futbolchilar bilan jamoa to'ldirilsa, rahbariyat tomonidan qo'yilgan har qanday natijaga erisha olaman. Etibor bering, Pro liga jamoalari ichida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalarni tarkib va moliyaviy imkoniyatlari qolgan jamoalarnikidan ancha yuqori. 

Mashg'ulotlar zamonaviy usulda, har bir mashg'ulotni tasvirga olib, futbolchilar bilan nazariy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Bosh murabbiy sifatida ingliz tilini bilish ham juda muhim deb xisoblayman shuning uchun o'zim ham astoydil til o'rganishga kirishganman.

"Andijon" va "Mashal" jamoalarida men bosh murabbiyga yordamchi bo'lganman. Yordamchi murabbiyni har qanday ishini bosh murabbiy belgilab beradi. Masalan, bugungi mashg'ulotda siz hujum chizig'idagi futbolchilar bilan ishlaysiz, ertaga bo'lsa, aksincha. SHunday paytlar bo'ladiki, butun mashg'ulotni bosh murabbiyning o'zi o'tkazadi. Sizdan bosh murabbiy taklif va o'z qarashlaringizni so'rasa, shundagina gapirilsa to'g'ri bo'ladi.

"Yangier"da men bosh murabbiyman. Mashg'ulot jarayoni jamoa natijalari va futbolchilar uchun javobgarlikdan tashqari boshqa tashkiliy masalalar ham meni vazifamga kiradi. Bosh murabbiy sifati albatta bosim va javobgarlik katta, bu tabiiy holat. Menga o'zi bosim ostida ishlash yoqadi. Qiyinchiliklar har doim va har joyda bor. O'zim uchun yana bir yil tajriba orttirdim", – dedi Mirzaboev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика