So’nggi yangiliklar

13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  0 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  1 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  11 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5

​Diyor Imomxo'jaev: "Xo'sh, Janubiy Koreya darvozamizga 4 ta gol urdi. Bu dahshat, o'rtoqlar!" Yangiliklar

​Diyor Imomxo'jaev: "Xo'sh, Janubiy Koreya darvozamizga 4 ta gol urdi. Bu dahshat, o'rtoqlar!"

PFL maslaxatchisi Diyor Imomxo'jaev terma jamoamizning Janubiy Koreyaga mag'lubiyatga uchraganidan so'ng (0:4) fikr bildirdi.

"Xo'sh, Janubiy Koreya darvozamizga 4 ta gol urdi. Bu dahshat, o'rtoqlar!"

"Ammo masalaning boshqa tarafi ham bor. Avval ham aytganimdek, Kuperdan dekabrga qadar hech narsa kutmagandim, u sehrgar emas, u hamma qatori oddiy inson, tajribali murabbiy. Masalan, o'zi o'ynagan 6 ta o'rtoqlik o'yinini yutib, Osiyo kubogida sharmanda bo'lganidan ko'ra, o'rtoqlik o'yinlarining hammasida tarsaki eb, rasmiy turnirga chiqargan xulosasi bilan tayyorgarlik ko'rgani ming marta yaxshiroq.

Kuper O'zbekiston futboli nima degan savolga endi javob bera oladi. Kuper futbolchilarimizni endi taniydi, imkoniyatlarini chamalay oladi. Livanlar bilan qanday durang o'ynashimizni, Qatarni nega doim yutganmiz-u, Koreya bilan farqimiz nega bu qadar katta ekanini tushunadi. O'zbekistonga xush kelibsan, mister Kuper!

Mana endi shu jamoa, shu imkoniyat va shu futbolchilar bilan, yani, bor masalliq bilan mazali taom tayyorlash kerak bo'ladi. Uning qanday oshpaz ekanligini Osiyo kubogi ko'rsatib beradi. U bungacha o'tgan 3 ta yig'inga turli futbolchilarni chaqirdi. Endi esa Osiyo kubogiga boradiganlarni saralab, dekabrni ularga bag'ishlaydi. Bir oy izlanadi, kechalari uxlamaydi, tushlariga Koreya va Yaponiya kirib, uni qo'rqitsa ham ajab emas. Muhimi, rostakamiga ish boshlaydi. Birlamchi xulosani Osiyo kubogidan keyin chiqarish mumkin bo'ladi.

O'tgan 3 oyga esa achinmang. Yangi tanishgan insoningiz aslida kim ekanini bilish uchun ham vaqt kerak. Kuper ham biz bilan, futbolimiz bilan tanishdi. Dardini bildi, tashhis qo'ydi. Davolay oladimi yoki yo'q boshqa masala. Uning qanday shifokor ekanini Osiyo kubogi aniqlab beradi", - deya Diyor Imomxo'jaev o'zining telegramdagi sahifasida xabar qoldirdi.

Reyting: -134   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика