Diyor Imomxo'jaev: "Superliganing 10 ta klubi yil so'ngida bosh murabbiysiz qoladi"
09 iyu 2021 11:56
Yangiliklar
Diyor Imomxo'jaev: "Superliganing 10 ta klubi yil so'ngida bosh murabbiysiz qoladi"
"Jamoalar bunda hech bo'lmasa 2022 yilni ko'zlab futbolchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkinmi?
Savolga javobni izlash uchun quyidagi faktni taqdim qilaman. SHu yil so'ngida "Metallurg", "Paxtakor", "Surxon", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "Nasaf", "Turon", "Andijon" kabi Superliga klublari hamda "Olimpik", "Yangier", "Dinamo", "SHo'rtan", "Xorazm" kabi Pro liga klublari bosh murabbiysiz qoladi. "Oqtepa" va "Buxoro"da murabbiy masalasi chalkash.
Yani, 23 ta professional klubning 17 tasida bosh murabbiy va rahbariyatning kelasi mavsum uchun rejasi deyarli mavhum. Bu esa katta ehtimol bilan yozgi transfer yurishlariga ham o'z tasirini ko'rsatadi.
Holat yuzasidan xulosa chiqarish uchun biz bilgan Evropa klublari bu masalada qanday ishlashini o'rganib chiqishning o'zi kifoya", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
Fikrlar