So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  4 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Diyor Imomxo'jaev: Sport faqat Toshkentniki yoki markazniki emas, butun O'zbekistonniki Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Sport faqat Toshkentniki yoki markazniki emas, butun O'zbekistonniki

Nukus shahridagi Turon stadionida o'tkazilgan sport festivaliga PFL bosh direktori maslahatchisi, taniqli sharhlovchi Diyor Imomxo'jaev ham tashrif buyurdi. Biz uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Sportda amalga oshirilayotgan ishlarni hamma ko'rib turibdi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev hamma soha bitta yoqadan bosh chiqarib ishlashi kerak degan vazifani qo'yganlar. Nukusga Toshkentdan Maktabgacha talim vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi vakillari etib kelishdi. Nima uchun? Prezident shunday talab qo'yganki, sportchi 16-17 yoshdan paydo bo'lishi kerak emas, bizlar sportchilarni yuksak marralarga etkazish uchun bog'cha yoshidagi bolalalrdan boshlashimiz kerak. Buning uchun 1 iyun «Xalqaro bollalrni himoya qilish kuni»dan ham yaxshi kunni topish qiyin edi. SHuning uchun birinchi bo'lib Qoraqalpog'istondan boshlashga qaror qildik.



Mana sekin-asta barcha vazirliklar, muassasalar bir yoqadan bosh chiqarib hamkorlikda ishlashni boshlashdi. Oldingi paytlarni eslaydigan bo'lsak, Milliy Olimpiya qo'mitasi o'z holicha ishlardi, O'zbekiston Futbol Asociaciyasi umuman boshqa tomorqa edi. Bundan tashqari vazirliklar sportga yaqin kirolmasdi. Hozir hamma bir yoqadan bosh chiqarayotgani evaziga mana shunaqa yaxshi tadbirlar o'tkazilyapti. Mana hozir stadion odamlarga to'lyapti. Orolga ham futbolni qaytarish kerak. Bu erdan judayam yaxshi futbolchilar etishib chiqqan. Bugun borib bog'chadagi bollarni tabrikladik, ularga Prezident sovg'alari topshirildi. Bundan tashqari Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, hamma hammasini ko'nglini ko'tarishga harakat qildik. CHunki aynan kelajak shular.

SHunday festival o'tkazilayotganidan judayam xursandmiz. Kelajakda Xorazmdan boshlab butun Respublika bo'ylab mana shunday bitta jam bo'lib, bitta jamoa bo'lib ishlash niyatidamiz. Sport faqat Toshkentniki yoki markazniki emas. Sport butun O'zbekistonniki. SHuning uchun ham shunday tadbirlar ko'p bo'lishini xohlar edik»


Furqat Yusupov yozib oldi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика