Diyor Imomxo'jaev: Sport faqat Toshkentniki yoki markazniki emas, butun O'zbekistonniki

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2018, 10:20
Nukus shahridagi Turon stadionida o'tkazilgan sport festivaliga PFL bosh direktori maslahatchisi, taniqli sharhlovchi Diyor Imomxo'jaev ham tashrif buyurdi. Biz uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Sportda amalga oshirilayotgan ishlarni hamma ko'rib turibdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev hamma soha bitta yoqadan bosh chiqarib ishlashi kerak degan vazifani qo'yganlar. Nukusga Toshkentdan Maktabgacha talim vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi vakillari yetib kelishdi. Nima uchun? Prezident shunday talab qo'yganki, sportchi 16-17 yoshdan paydo bo'lishi kerak emas, bizlar sportchilarni yuksak marralarga etkazish uchun bog'cha yoshidagi bolalalrdan boshlashimiz kerak. Buning uchun 1 iyun Xalqaro bollalrni himoya qilish kunidan ham yaxshi kunni topish qiyin edi. Shuning uchun birinchi bo'lib Qoraqalpog'istondan boshlashga qaror qildik.



Mana sekin-asta barcha vazirliklar, muassasalar bir yoqadan bosh chiqarib hamkorlikda ishlashni boshlashdi. Oldingi paytlarni eslaydigan bo'lsak, Milliy Olimpiya qo'mitasi o'z holicha ishlardi, O'zbekiston Futbol Asociaciyasi umuman boshqa tomorqa edi. Bundan tashqari vazirliklar sportga yaqin kirolmasdi. Hozir hamma bir yoqadan bosh chiqarayotgani evaziga mana shunaqa yaxshi tadbirlar o'tkazilyapti. Mana hozir stadion odamlarga to'lyapti. Orolga ham futbolni qaytarish kerak. Bu yerdan judayam yaxshi futbolchilar yetishib chiqqan. Bugun borib bog'chadagi bollarni tabrikladik, ularga Prezident sovg'alari topshirildi. Bundan tashqari Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, hamma hammasini ko'nglini ko'tarishga harakat qildik. Chunki aynan kelajak shular.

Shunday festival o'tkazilayotganidan judayam xursandmiz. Kelajakda Xorazmdan boshlab butun Respublika bo'ylab mana shunday bitta jam bo'lib, bitta jamoa bo'lib ishlash niyatidamiz. Sport faqat Toshkentniki yoki markazniki emas. Sport butun O'zbekistonniki. Shuning uchun ham shunday tadbirlar ko'p bo'lishini xohlar edik


Furqat Yusupov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia