So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Diyor Imomxo'jaev: "Nasaf"da bor narsani yo'q qilishdi. Berdiev ishini yaxshi bajardi, rahbariyat esa..." Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Nasaf"da bor narsani yo'q qilishdi. Berdiev ishini yaxshi bajardi, rahbariyat esa..."

Sport telekanalida PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev ishtirokida onlayn muloqot bo'lib o'tdi.

Ushbu muloqot chog'ida PFL direktoriga "Nasaf" borasida savol berildi. 

"PFL "Nasaf" jamoasiga qo'lidan kelgancha yordam berishga harakat qiladi. O'tgan mavsumda "Sug'diyona" bilan ham shunday bo'lgandi. Faqat ular vaqtliroq harakatni boshlagan edi. Oxirgi turda esa "Bunyodkor" bilan durang o'ynab yo'llanmani qo'lga kirita olmagandi. "Nasaf" xalqaro maydonga yo'llanmani qo'lga kiritsa qisqa muddatda OFKdan qayta licenziyadan o'tkazib berishini so'raymiz. Bunda O'FA yoki PFLning aybi yo'q. 

Klubni ikkiga ajratadigan bo'lsak murabbiy Ro'ziqul Berdiev va rahbariyat. Birinchisi ishini yaxshi bajarib qo'ygan, jamoasi ikkinchi o'rinda ketmoqda. Ikkinchisi esa bajara olmadi. Licenziyalashdan o'tkazishda besh tamoyil bor. Sport principlari, moddiy texnik baza, yuridik, iqtisodiy va buning ichida buxgalterlik hisoboti ham bor.  Klublarimizni eng ko'p yiqitadigan narsa bu buxgalterlik hisoboti. Bu OFK talab qiladigan narsa. 

Klublar bir yilda ikki marotaba audit tekshiruvidan o'tishi kerak. Keyingi mavsumdan buni markazlashgan holatda o'tkazamiz. Tender yordamida bitta auditorlik kompaniyasini aniqlab olamiz. Agar klublar o'zlari o'tkazadigan bo'lsa o'z manfaatlaridan kelib chiqib audit yollashadi. Bu bilan o'zlarini aldashi mumkin, ammo OFKni aldab bo'lmaydi. "Nasaf" mana shu narsadan o'ta olmadi. "Nasaf" akademiya, infratuzilma bo'yicha aksariyat jamoalardan ustun. Bu erda bor narsani yo'q qilishdi", - deydi Diyor Imomxo'jaev. 

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика