So’nggi yangiliklar

23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 0:0 (матнли трансляция)  23 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  124 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1

Diyor Imomxo'jaev: "Katanec muhim o'yinga 1 kun qolganida yangi himoya o'ylab topmaydi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Katanec muhim o'yinga 1 kun qolganida yangi himoya o'ylab topmaydi"

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev SHveciya - O'zbekiston uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Termani Kuper qabul qilib olganida umid paydo bo'lgandi. Eslaysiz, Kuper asosiy muammo himoyamizda ekanini bilgan, ishni uni sozlashdan boshlagan. CHunki asosiy raqiblar: Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya, Saudiya va hokazo. Ularga qarshi hujumkor o'ynash qiyin, ular himoyadagi yarimta xatoni 1 ta golga aylantirishni eplaydi.

SHveciyaga qarshi bugungi uchrashuvni ko'rib, o'sha umid qayta uyg'ondi. Futbolchilarimiz Evropa maydonida yo'qolib qolishmadi. Ko'rindiki, Kuperning fikrlari to'g'ri edi, himoyani sozlash kerak. Katanecda buning uchun vaqt bemalol bo'ladi.

Katanec muhim o'yinga 1 kun qolganida yangi himoya o'ylab topmaydi. U vingerni o'rtaga, o'rtani himoyaga tiqib qo'yadigan avantyurist emas. Agentlik bilan shug'ullanmaydi va shundan kelib chiqib, hammaga teng munosabatda bo'ladi. FIFA kunlarini hurmat qiladi. Klublarni o'ziga tobe deb bilmaydi, ular bilan hamkorlikni muhim sanaydi. Futbolchilarga talabni qatiy qo'yadi va o'z xatolarini ularning etiqodidan izlamaydi. SHuning uchun ham qandaydir Iroq termasi bilan Toshkentda bemalol o'ynagan.

Murabbiy, o'rtoqlik o'yini va yig'in masalasida so'nggi ikki yilda birinchi marta yaxshi jihatlar ko'rdik. Mana shu tempni ushlab qolish shart. Va albatta unutmaylikki, hammasi Katanecning o'zigagina bog'liq emas. Biz futboldagi ichki muammolarimizni tartibga solishimiz kerak. Buning uchun avval ularning borligini tan olishimiz, keyin eski xatolarni takrorlamaydigan qarorlar qabul qilishimiz muhim", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика