Diyor Imomxo'jaev: "Hakamlar "Paxtakor" zarariga adashayotgani rost"
26 sen 2018 19:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455338_original.jpg)
![](/upload/storage/455338_220.jpg)
Diyor Imomxo'jaev: "Hakamlar "Paxtakor" zarariga adashayotgani rost"
"Hakamlar "Paxtakor" zarariga adashayotgani (qasddan emas) rost. Bu klub atrofidagi unchalik yoqimli bo'lmagan fikrlarga qarshi kurashuvchi antivirus vazifasini bajarib beradi (klubga zarar keltirmagani holatda).
1) "Paxtakor" hakamlar adashgan har ikkala o'yinni ham o'z foydasiga hal qila oldi (yani, ochko yo'qotmadi);
2) Hakamlar faqatgina bir tomon uchun adashadi degan fikrlar ancha kamayishiga sabab bo'ldi.
Hakamlar ikki xil adashadi: qasddan va bilmasdan. "Paxtakor"dagi adashish ikkinchi holatga ko'proq to'g'ri kelsa kerak. Ammo fakt shuki, Paxtakor hakamlar ustidan shikoyat yozib berdi. Komissiya buni o'rganib chiqadi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida.
PS: PFL bosh direktori maslahatchisi hakamlar adashgan ikkala o'yinda "Paxtakor" ochko yo'qotmaganligini aytmoqda. Ammo, lekin biroq... "Paxtakor" Namanganda "Navbahor"ga qarshi bahsda 3:3 hisobini qayd etdi va 2 ochko yo'qotdi. "Buxoro"ga qarshi bahs esa haqiqatdan ham "sherlar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar