So’nggi yangiliklar

08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  0 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  2 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  3 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  8 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  32 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  46

Diyor Imomxo'jaev: "Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament qoidalari qatiy ishlashiga erishsak, futbolimizdagi ko'p masalalar tartibga keladi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament qoidalari qatiy ishlashiga erishsak, futbolimizdagi ko'p masalalar tartibga keladi"

Aynan shu reglament bilan bog'liq siz bilgan eng katta muammo Aziz Turg'unboev, "Navbahor" va "Paxtakor" o'rtasida yuzaga kelgandi.

O'zbekiston klublari ustidan FIFAga arz qilayotgan legioner futbolchilar ham aynan shu reglament qoidalaridan kelib chiqadi. Futbolchining termalarga qay tartibda etib kelishi va etib kela olmasa nima bo'lishi ham shunda mujassam.

Bizda murabbiylar orasida nadbavka degan tushuncha bor. Siz bilgan ko'tarma pullari klub va futbolchi munosabatlariga qanday tasir ko'rsatsa, nadbavka tushunchasi bolalar futbolining oyog'iga shunchalik bolta uradi. Bunda bolalar murabbiyi o'z maoshini ko'tarib olishi uchun malum musobaqada natija ko'rsatishi talab etiladi. Oqibatda murabbiy natija yo'lidan hamma ishni qilib ko'radi: katta futbolchi xizmatidan foydalanadi, raqib jamoa bilan kelishadi, hakamga tayanmoqchi bo'ladi va hokazo.

Biz aytayotgan reglamentda esa bolalar murabbiylarini rag'batlantirishning eng oddiy formulasi mavjud. Bunda mutaxassis 12 yoshli bolalar jamoasini olib, shu jamoani bolalar 17 yoshga etgunicha boshqarishi shart emas. Bu eskirgan tizim. Faqat bir murabbiy bilan cheklangan bola, futbolga faqat shu murabbiyning ko'zlari bilan qarashi katta ehtimol. Biz har bir yoshga ixtisoslashgan murabbiylar maktabini shakllantirishga o'tishimiz kerak. SHunda bola turli murabbiylardan turli sir-asrorlarni o'rganishi mumkin, unda solishtirish va tanlash hissi tabiiy ravishda shakllanib boradi.

Aytaylik, 12 yoki 13 yoshli murabbiyda tarbiyalanuvim katta bo'lsa, uni men sota olmayman degan o'kinch bo'lmasligi shart. Aslida murabbiylar umuman bu ish bilan shug'ullanishi taqiqlanadi. Futbolchi transferi uni tarbiya qilayotgan futbol maktabi yoki klub tomonidan kelishilishi, pul ham aynan uning hisob raqamiga tushishi shart, boshqaning cho'ntagiga emas. Va mana shu futbolchining ortidan keladigan har qanday summaning malum qismi, futbolchi pasportida ko'rsatib o'tilgan murabbiylar o'rtasida taqsimlanishi lozim.

Yanada soddaroq tushuntiraman. Tasavvur qiling, Odil Ahmedovni 12 yoshidan 18 yoshigacha olti murabbiy shug'ullantirdi, deylik. Demak, Odil Ahmedovning futboldagi pasportida har bir yil yonida murabbiy ismi-sharifi ko'rinadi va u klubi tomonidan tasdiqlanadi. Keyinchalik Ahmedov "Anji"ga sotilsa, transfer summasi klubga tegishli bo'ladi. SHuningdek, mashg'ulot kompensaciyasining malum qismi ham klubniki, qolgan malum qismi esa yuqoridagi olti murabbiy o'rtasida taqsimlanadi. Ahmedov keyinroq Krasnodarga, SHanxayga va yana boshqa klubga sotilsa, futbolchining ortidan kelayotgan birdamlik mexanizmining malum qismi ham murabbiylarga tomib turadi. Yani, futbolchini 13 yoshida mehr berib shug'ullantirgan murabbiy hattoki nafaqaga chiqqan taqdirida ham, Ahmedovning har bir transferida o'z ulushi bor ekanini aniq bilib turadi. Biz buning fonida sekin-asta nadbavkani yo'qotishimiz, bolalarni natija uchun emas, sifat uchun shug'ullantirishga erishishimiz kerak.

SHuningdek, 2021 yildan boshlab O'zPFL ilk mehnat shartnomasini tuzayotgan har bir futbolchining tarixini shakllantiradi va uning mashg'ulot kompensaciyasini hisoblash uchun futbol maktablariga ko'mak beradi. Yani, klublar o'zlari tarbiya qilmagan iqtidor bilan o'g'rincha shartnomalarni osongina tuzib olishmaydi. Endi futbol maktablari o'z tarbiyalanuvchilari uchun mashg'ulot kompensaciyasi ishlashlari uchun yo'l ochiladi. Pirovardida har bir klub o'z futbol maktabi bo'lishi o'zi uchun eng foydali yo'l ekanini tushunib etadi.

Albatta oson bo'lmaydi, qarshiliklar ko'p bo'ladi. Va biz ham katta maqsadlarga oson erishilmasligini yaxshi tushunib turibmiz", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.



Reklama



Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика