So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Diyor Imomxo'jaev: FIFA "Navbahor"ga Belenkov borasida 20 iyul kuni xat yuborgan Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: FIFA "Navbahor"ga Belenkov borasida 20 iyul kuni xat yuborgan

FIFA rossiyalik murabbiy Belenkov masalasi bo'yicha ish boshlagani rost. Uning "Navbahor" bilan shartnomasi muddatidan avval bekor qilingani uchun kompensaciya sifatida 484 100 dollar davosi kiritilgan.

Ish ochilayotgani yuzasidan "Navbahor" futbol klubi 21 aprel kuni (hamma karantinda vaqti) ogohlantirilgan. FIFA tomonidan yo'llangan so'nggi xat 20 iyul kuni qabul qilib olingan.

Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan klub haqidagi bu kabi axborotni aslida yashirish shart emas. Ammo o'z tashkilotidan maosh olayotgan ikki xodim xatlarni o'zining bevosita rahbari ruxsatisiz mamlakat futbolida asosan fitna qo'zitayotgan shaxslarga bevosita taqdim etayotgan bo'lsa (katta ehtimol bilan, adashgan bo'lishimiz mumkin), demak shu tashkilotda etika normalari lozim darajada ishlamayapti. Biz shu vaqtgacha legioner futbolchi va murabbiylar bilan qarzdorliklar masalasida ishlab kelyapmiz va ularni ochiqlayapmiz.

Bu kabi ishlardan ommaning xabardor bo'lishi yaxshi. Ishimiz qanchalik shaffof bo'lsa, biz shunchalik tiyilamiz, jamiyat bizni tiyib turishga harakat qiladi. Ish to'g'ri yo'lga qo'yilganida edi, "Navbahor" 70 000 dollar bilan shartnomani bekor qilishi mumkin edi. Ayni vaqtda talab qilinayotgan summa esa kichik emas. Afsuski, biz shartnomani qanday bekor qilish haqida ko'proq bosh qotiramiz, aslida shu tafakkurni shartnoma tuzishdan oldin ishlatish ko'proq foyda beradi. Yani, biz qachondir bu kabi ishlarning oqibatlariga qarshi kurashishdan tiyilishni istasak, uning kelib chiqish sabablarini o'rganishimiz va tartibga solishimiz kerak.

"Navbahor" futbol klubida vaziyat bo'yicha tushuntirish berish uchun yana ikki kun vaqt bor. O'zPFL mazkur masala yuzasidan "Navbahor" bilan hamkorlik qiladi va FIFA talab qilgan hujjatlarni yuborishga haminqadar ko'maklashadi. Umid qilamizki, Navbahor rahbariyati ham bundan xulosa chiqaradi.

Afsuski, bizning futbolda faoliyat olib borayotgan xorijliklarni so'nggi 10 yilliklarda maydonda ko'rsatgan xizmatlari bilan emas, FIFAga kiritayotgan davolari bilan tanib olyapmiz. Avval ham aytganimdek, O'zPFL professional klublar qoshida faoliyat olib borayotgan futbol maktablari (akademiyalar)ni ham licenziyalashdan o'tkazish tizimini ishlab chiqmoqda. Unga ko'ra, lozim darajada poydevoriga ega bo'lmagan futbol klublariga legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ruxsat berilmaydi. Sentyabrga qadar O'zPFL mazkur masalani O'FA Ijroqo'miga kiritishni rejalashtirgan", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 


FIFA: "Navbahor" 30 kun ichida rossiyalik murabbiyga 520 ming AQSH dollarini to'lashi shart         

“Navbahor” Aleksey Belenkovga katta miqdordagi mablag' to'lanishi borasidagi fikrlarni asossiz deb hisoblaydi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика