So’nggi yangiliklar

16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1

Diyor Imomxo'jaev: Eldor SHomurodovni “Rostov”da nima kutadi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Eldor SHomurodovni “Rostov”da nima kutadi?

Eldor SHomurodovning “Rostov”ga o'tgani kun mavzusi. Endi Premer-ligadagi o'zbekistonlik futbolchilar 4 nafar.

Qolgan uchovlon o'z yo'liga, meni ko'proq SHomurodovning taqdiri qiziqtiradi. CHunki unda Evropaga yo'l olish imkoniyati nisbatan ko'proq. 

Odil Ahmedov ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli futbolchisi, bunga shubha yo'q. Terma sardori 2011 yil “Anji”ga yo'l olayotganida 24 yoshda edi. Rossiyani tark etayotganida esa salkam 30 ni qarshi olayotgandi. Ahmedovga Evropa klublaridan takliflar bo'lgan, bunga ishonaman. SHanxayga yo'l olganidan keyin bergan intervyusida Franciya, Germaniya, Ispaniya klublari unga qiziqqani haqida o'zi ham aytib bergandi. Biroq “Krasnodar” so'ragan pulni faqatgina Xitoy klubi to'lay oldi. 

Bunda yana bir narsa bor, Ahmedovning o'yiniga shubha qilmaganim holda aytamanki, agar u 26-27 yoshda bo'lganida balki Evropa klublari taklifni jiddiyroq qilishi katta ehtimol edi. Aytaylik, Odil Ahmedov saviyasidagi 22 yoshli futbolchi ro'yxatda bo'lsa, evropaliklar baribir yoshrog'ini tanlab oladi, to'g'rimi? Ahmedov o'z kuchiga to'la ishonib, O'zbekistonning eng kuchli futbolchisi ekaniga shubha qoldirmaydigan vaqtgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tish uchun nisbatan ko'proq sarfladi. Balki shuning uchun ham unga kuchli beshlik nasib qilmagan bo'lishi mumkin.

SHomurodov esa 22 yoshida Rostovga uchib ketdi. Hamkorlik qilayotgan agentligidan tortib, O'zbekistondan chiqib ketishiga qadar Ahmedovnikiga o'xshab ketadi. SHunchaki “Paxtakor” Odilning orqasidan pul qilish uchun ham uni o'zida ko'proq ushlab turishga harakat qildi. SHomurodovni esa bu muammo deyarli taqib qilmadi. “Bunyodkor” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgandi, qolaversa, klubning o'zi ham mavsum oxiriga qadar uni ushlab qolib, arzimagan pul bilan qolib ketishni o'ziga ep bilmadi va hujumchini vaqtida qo'yib yubordi.


“Rostov” bilan shartnoma 4 yilga mo'ljallangan. Yani, bu vaqt ichida SHomurodov 26 yoshda bo'ladi. SHartnomasi yakuniga 1 yil qolganida tabiiyki “Rostov” uni yo sotib pul qilishga yoki shartnomani uzaytirish harakatiga tushadi. Bunda futbolchini qiynashi mumkin bo'lgan asosiy narsa u hamkorlik qiladigan agentlik bo'lsa ajab emas. Malum bo'lmoqdaki, SHomurodovga bunga qadar ham Osiyo va Rossiya klublari qiziqish bildirgan. Biroq u imzo chekkan shartnomaga ko'ra, futbolchining taqdiri na uning va na klubning qo'lida. “Rostov”ni hammadan ko'ra ko'proq o'sha agentlik istadi.


Bunda futbolchi yutqazdi deya olmayman. “Rostov” yaxshi klub, yaxshi maosh to'laydi. Masalan “Bunyodkor” uni avvalroq boshqa bir klubga qimmatroqqa pullashi ham mumkin edi. “Rostov”dagi faoliyatidan keyin SHomurodovning yo'liga katta ehtimol bilan yana shu narsa to'g'anoq bo'lishi haqiqatga yaqin. Masalan, Angliya klubi agentlikka 10 so'm taklif qilsa-yu, Xitoy jamoasi 100 so'm bermoqchi bo'lsa, SHomurodovning istagi hech qanday rol o'ynamasligi katta ehtimol. Balki men adashgan bo'lishim ham mumkin.


Bular o'z yo'liga. Hozir SHomurodovdan eng kamida Ahmedovdek o'ynash talab etiladi. Odil o'z vaqtida Rossiyada katta hurmat qozongan futbolchi, agar Eldor shuni uddalay olsa, yoshidan kelib chiqib kuchli beshlik klublarida o'ynash imkoniyati unda ko'proq bo'lishi mumkin. “Atletiko”, “Bavariya” kabi klublarga gol ura oladigan Sardor Azmun hali ham Rossiyada o'ralashib yurganidan kelib chiqsak, SHomurodovdan hozir ikki marta ko'proq ter to'kish talab etiladi. U Rossiyada faqatgina asosiy tarkibdagi o'rni uchun emas, balki Premer-ligaga kelgan o'zi bilan tengdosh osiyoliklar bilan ham raqobatlashishga majbur. Men bu yo'lda Eldorga omad tilayman. Uning fonida Oliy liganing asl kuchi qanday ekani borasidagi savollarga javob olishimiz mumkin bo'ladi.

Diyor Imomxo'jaev

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика